Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-02-10 13:25:10
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida buyuk mutaffakkir , shoir , davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlab òtkazilgan adabiy-badiiy, sahnalashtirilgan tadbir tafsiloti.
22 viewsY.Kamalovna, 10:25
Ochish/sharhlash
2023-02-08 17:43:02
O‘zbek adabiyotining yirik vakili, mutafakkir, ulug' shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy – millat timsoli” mavzusida adabiy-badiiy tadbirdan fotoreportaj (2-qism).
19 viewsY.Kamalovna, 14:43
Ochish/sharhlash
2023-02-08 17:43:00
O‘zbek adabiyotining yirik vakili, mutafakkir, ulug' shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy – millat timsoli” mavzusida adabiy-badiiy tadbirdan fotoreportaj (1-qism).
17 viewsY.Kamalovna, 14:43
Ochish/sharhlash
2023-02-08 17:42:59 #Navoiy_dahosiga_ehtirom

Bundan besh asr muqaddam Hazrat Alisher Navoiy: "Turk nazmida chu men tortib alam, ayladim ul mamlakatni yakqalam", deb yozgan edi. Ya'ni ul zot ona tili bayrog'ini baland ko'tarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftixor qilgan.

Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ijod maktabi, viloyat namunali maqom ansambli, Qarshi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi hamda Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘zbek adabiyotining yirik vakili, mutafakkir, buyuk shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy – millat timsoli” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi.

Ushbu tadbirda O'zbekiston xalq ustasi Bahodir Niyozov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi yetakchi mutaxassisi Davron Sultonov, Qarshi shahar harbiy prokuraturasi adliya kapitani Ozod Bahramov, DXX viloyat boshqarmasi mayori L.Xidirov va xodimlari, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi havo kuchlari qo'mondonligi harbiy qism xodimlari, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari hamda harbiy xizmatchilari, Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati, DXX chegara qo'shinlari harbiy qismlar xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berib, Alisher Navoiy haqiqatan millat timsoli ekani, u buyuk zotni nafaqat har yili fevral oyida eslash, xotirlash va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish, balki Navoiyni yil davomida unutmaslik zarur. Nega deganda, uning ijodi bizga har kuni kerak, uning duru javohirlariga to'la shohbaytlari, asarlaridagi yoshlarni kasb-hunarga yo'llovchi, ta'lim-tarbiyani targ'ib etuvchi misralari hayotimizning shioiriga aylanib ulgurdi, - deya ta'kidlab o'tdi.

O'z navbatida, O'zbekiston xalq ustasi Bahodir Niyozov so'zga chiqib, Navoiy dahosi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirgani, ayniqsa, Navoiy g'azallaridan o'qib bergani tadbirga o'zgacha fayz ulashdi.

Ta'kidlash joiz, har yili ijod maktabida Alisher Navoiy tavalludiga o'zgacha yondashiladi. Bu yil esa yil nomiga e'tibor qaratildi, ya'ni Alisher Navoiyning insonparvarlik g'oyalari, ilm va kasb-hunarni ulug'lashi, umumbashariy g'oyalar haqidagi asarlariga murojaat etildi.

Tadbir dasturi teatrlashtirilgan, sahnalashtirilgan kompozitsion yo'nalishda yoritildi. Unda o'quvchilar bilan bir qatorda o'qituvchilar ham obraz yaratdilar. "Lison ut-tayr", "Muhokamat ul-lug'atayn", "Xamsa", "Hazm ul-javohir" asarlaridagi fikrlar, obrazlar talqin etildi.

Shu bilan birga o'zbek adabiyotida Alisher Navoiy siymosi yaratilgan asarlar, shuningdek, To'lan Nizomning "Alisher" dostonidan sahnaviy parchalar havola etildi.

Tadbirda ijodkor o'quvchilar o'z ijodlaridan o'qib berdilar.

Maktab foyesida Alisher Navoiy asarlari ko'rgazmasi namoyish qilindi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
13 viewsY.Kamalovna, 14:42
Ochish/sharhlash
2023-02-07 06:59:04
#Navoiyxonlik

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rus tili fani o'qituvchisi Gulandom Xonkeldiyevaning she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlab tayyorlagan videoroligi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
30 viewsY.Kamalovna, 03:59
Ochish/sharhlash
2023-01-30 18:51:01
#Zakovat

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida DXX chegara qo'shinlari harbiy qism xodimlarining "Sarhad", O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Milliy gvardiya xodimlarining "Milliy gvardiyachilar" hamda ijod maktabining "Nasaf" jamoalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinlari.

Bellashuvni ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Bellashuvda harbiy sohaga oid savollar qo'yildi.

Yakunda "Nasaf" jamoasi 16 ball to'plab, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Milliy gvardiyachilar” jamoasi 15 ball bilan 2-o'rinni egalladi. Jami 13 ball to‘plagan "Sarhad" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
25 viewsY.Kamalovna, 15:51
Ochish/sharhlash
2023-01-27 15:32:49
Tadbirdan fotoreportaj (2-qism)
52 viewsY.Kamalovna, 12:32
Ochish/sharhlash
2023-01-27 15:32:48
Tadbirdan fotoreportaj (1-qism)
48 viewsY.Kamalovna, 12:32
Ochish/sharhlash
2023-01-12 16:37:20
Seminar-treningdan fotoreportaj
29 viewsY.Kamalovna, 13:37
Ochish/sharhlash
2023-01-12 16:37:19 “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha
ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi... O
ʻqituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman”.

Shavkat Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.

#Seminar_trening

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligining Xalqaro Baholash bo'limi bosh mutaxassisi Xushnamo Burxonxo'jayeva tomonidan "Amaldagi o'quv rejani Xalqaro IB standartlariga moslashtirish" mavzusida o'quv-trening o'tkazildi.

Unda ijod maktabi direktori v.b. Y.Djamalova, o'quv-tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari D.Farmonov, maktab maslahatchisi, IB Xalqaro dasturining maktab koordinatori I.Negmatov hamda barcha fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Ona tili va matematika fanlarining III-chorak boblari misolida o'quv rejasini IB dasturi talablariga binoan qayta ishlab boyitdilar. Bahs-munozaralarga boy jarayonda o'qituvchilar o'zlariga kerakli ma'lumotlarni olishdi.

O'quv-trening davomida o'qituvchilar zarur ko'nikmalarga ega bo'lishdi va o'quv jarayoniga tatbiq etish uchun o'z vazifalarini belgilab oldilar.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube|
28 viewsY.Kamalovna, 13:37
Ochish/sharhlash