Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.91K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-06-23 09:27:34 #Euro2024

22-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:


Gruziya 1:1 Chexiya (F guruhi)

Gollar: Mikautadze 45+3’, Shik 59’.

Turkiya 0:3 Portugaliya (F)

Gollar: Bernardu Silva 21’, Akaydin 28’ (avtogol), Brunu Fernandesh 55’.

Belgiya 2:0 Ruminiya (E)

Gollar: Tilemans 2’, de Bryuyne 80’.



Bugungi uchrashuvlar:

23:59 Shveytsariya — Germaniya (A)

23:59 Shotlandiya — Vengriya (A)


@xushnudbek
21.8K views06:27
Ochish/sharhlash
2024-06-22 19:05:50 Qabul tugashiga 3 kun qoldi

22-iyun soat 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 601 ming 946 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 330 ming 850 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 271 ming 96 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

erkaklar — 282 ming 532 nafar;
ayollar — 319 ming 414 nafar.


@xushnudbek
144.7K views16:05
Ochish/sharhlash
2024-06-22 15:34:01
Sayxunobod tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan ushlangani xabar qilindi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tadbirkorga qo‘shni Sardoba tumani hududidan 6 gektar yer maydoni olib berish evaziga 20 ming dollar hamda viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini yengil konstruksiya ko‘rinishida qurilish qilishi uchun ijara shartnomasi rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar talab qilgan. U jami 25 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan;

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan fermer xo‘jalik rahbari xo‘jalikning 3,37 gektar hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan qo‘shimcha yer maydonini – jami 7 gektar yerni sirdaryolik xaridorga 2 mln dollarga sotishga kelishib, oldindan 200 ming dollar olgan vaqtida ushlangan;

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs o‘g‘lini nomida bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga issiqxona qurish uchun berilgan 2 gektar yer maydonini hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali, 50 ta kottej qurmoqchi bo‘lgan xaridor nomiga o‘tkazib berish evaziga 500 ming dollar, shuningdek, turmush o‘rtog‘ining nomidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli bino va uning 486 m2 yer maydonini sotish va u yerda 12 qavatli uy qurishi uchun mas’ul idoralardan ruxsat olib berish evaziga 440 ming dollar — jami 940 ming dollar talab qiladi. U so‘ralgan puldan 400 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga tushgan;

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi shaxs bir fuqaroga “Xalq banki”ning viloyat filiali balansidagi “E-Auksion” portali orqali savdoga chiqarilgan – Quyichirchiq tumanidagi 13,05 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali olib berish evaziga 260 ming dollar talab qilgan. Oldindan 130 ming dollar olgan vaqtida ushlangan;

Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari paxtachilik va g‘allachilikda foydalanish uchun berilgan yer maydonining 5,5 gektar qismini xaridorga 150 ming dollarga sotishga kelishib, kelgusida yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming dollar talab qiladi. U so‘ralgan jami puldan 120 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


@xushnudbek
136.5K views12:34
Ochish/sharhlash
2024-06-22 15:04:04
Korzinkada mol go‘shti to‘shi chegirmali narxlarda sotilmoqda

O‘zingizga qulay vaqtda eng yaqin Korzinka supermarketida 13-dan 26-iyungacha mol go‘shti to‘shini bor-yo‘g‘i 64 990 so‘mdan chegirmali narxda xarid qiling. Shuningdek, go‘sht mahsulotlarining boshqa turlari uchun ham foydali narxlar belgilangan.

Bundan tashqari, Korzinka’da Visa kartasi orqali 200 000 so‘mga xaridlarni amalga oshirib, Premial Lixiang L7 yo‘ltanlamas mashinasi egasiga aylanishingiz ham mumkin.

Batafsil bu yerda o’qing.

App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web
Reklama
122.1K views12:04
Ochish/sharhlash
2024-06-22 11:15:23
Senatning 53-yalpi majlisida Sudyalar oliy kengashi tarkibiga yangi sudyalar saylandi.

Prezident taqdimnomasiga asosan Kukiyev Muzaffar Zafarovich besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi aʼzosi – Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga saylandi.

Quyidagilar esa besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimiga saylandi:

— Azizov Xudoyqul Tojiyevich;
— Gafurov Askarjon Boyisovich;
— Xashimxonov Ahrorxon Muminovich.


Shuningdek, Qahramon Uljayev Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimidan ozod qilindi.


@xushnudbek
131.2K views08:15
Ochish/sharhlash
2024-06-22 09:32:26
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?
#abituriyent

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyingi yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://t.me/xushnudbek/20721


@xushnudbek
133.1K views06:32
Ochish/sharhlash
2024-06-22 08:32:06 #Euro2024

21-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

Slovakiya 1:2 Ukraina

Gollar: Shrans 17’, Shaparenko 54’, Yaremchuk 80’.

Polsha 1:3 Avstriya

Gollar: Trauner 9’, Pyontek 30’, Baumgartner 66’, Arnautovich 78’.

Niderlandiya 0:0 Fransiya



Bugungi uchrashuvlar:

18:00 Gruziya — Chexiya

21:00 Turkiya — Portugaliya

23:59 Belgiya — Ruminiya


@xushnudbek
131.4K views05:32
Ochish/sharhlash
2024-06-22 08:02:31
Qo‘qon universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

Quyidagi havolalar orqali onlayn yoki universitetning Axborot kutubxona markazida offlayn royxatdan o‘tishingiz mumkin:

Kunduzgi va masofaviy ta‘lim shakllariga ro‘yxatdan o‘tish: https://qabul.kokanduni.uz

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 3 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun ro‘yxatdan o‘tish: http://msqabul.kokanduni.uz

Magistraturaga ro‘yxatdan o‘tish offlayn.

Ikkinchi mutaxassislik
uchun ro‘yxatdan otish:

https://ikkinchitalim.kokanduni.uz

O‘qishni ko‘chirish uchun ro‘yxatdan otish:

https://transfer.kokanduni.uz

Axborot-maslahat markazi
:
+99873 545 44 44;
+99873 545 55 55.

Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi binosi.

Litsenziya (№186445, 06.07.2021-y)

QO‘QON UNIVERSITETI — CHEKSIZ IMKONIYATLAR MASKANI!

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |
Ta'lim reklamasi
139.7K views05:02
Ochish/sharhlash
2024-06-21 18:44:48 Qabul tugashiga 4 kun qoldi

Bugun, 21-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 528 ming 055 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 294 ming 393 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 233 ming 662 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

erkaklar -- 247 714 nafar;
ayollar -- 280 341 nafar.


@xushnudbek
197.5K views15:44
Ochish/sharhlash
2024-06-21 17:59:00
Javlonbek Umarxo’jayev "Uzbekistan Airports" AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

U 2023-yil 9-avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi edi.


@xushnudbek
159.6K viewsedited  14:59
Ochish/sharhlash