Get Mystery Box with random crypto!

Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi 10-iyundan 2024 | Xushnudbek.uz

Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi

10-iyundan 2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

● 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
● O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.


@xushnudbek