Get Mystery Box with random crypto!

Senatning 53-yalpi majlisida Sudyalar oliy kengashi tarkibiga | Xushnudbek.uz

Senatning 53-yalpi majlisida Sudyalar oliy kengashi tarkibiga yangi sudyalar saylandi.

Prezident taqdimnomasiga asosan Kukiyev Muzaffar Zafarovich besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi aʼzosi – Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga saylandi.

Quyidagilar esa besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimiga saylandi:

— Azizov Xudoyqul Tojiyevich;
— Gafurov Askarjon Boyisovich;
— Xashimxonov Ahrorxon Muminovich.


Shuningdek, Qahramon Uljayev Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimidan ozod qilindi.


@xushnudbek