Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-02-24 19:15:54
Rossiya shaharlarida urushga qarshi tinch namoyishlar boshlandi

Namoyishchilar Rossiya urush boshlaganidan norozi ekanliklarini bildiruvchi plakatlar bilan chiqishmoqda. Ko‘plab holatlarda politsiya namoyishchilarni hibsga olmoqda.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rus xalqiga murojaat qilib, tinchlik uchun ko'chaga chiqishga, urushga rozi emasligini bildirishga chaqirgan edi. Buning ortidan rus kuchishlatar tuzilmalari ruxsat olinmagan namoyishlarga chiqishning oqibatlaridan ogohlantirgan edi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
28.3K views16:15
Ochish/sharhlash
2022-02-24 17:54:50
Kiyev va Lvov shaharlarida havo hujumi trevogasi e’lon qilindi

Poytaxtda ogohlantirish sirenasi yangragan, rasmiylar navbatdagi sirena yangraganida aholi zudlik bilan bombapanagohlarga borishi kerakligini e’lon qildi. Raketalar tinch aholi punktlariga ham kelib tushayotgan holatlar bor.

RF Mudofaa vazirligi Ukrainaning 74 ta harbiy obyekti, xususan 11 ta aerodrom yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Rossiya ichkarisida esa, manbalar xabariga ko‘ra, urushga qarshi tinch aksiya uyushtirayotganlar hibsga olinmoqda. Prokuratura noqonuniy namoyish o‘tkazishga chaqirganlik uchun javobgarlik borligini eslatgan. Rus olimlari urushni to‘xtatishga chaqirib ochiq xat e’lon qildi.

Yevrokomissiya raisi Yevropa Ittifoqi Ukrainadan cheksiz miqdorda qochoqlarni qabul qilishga va ularga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Chexiya mamlakatdagi rus konsulxonalarini yopib, Rossiya fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi. Sankt-Peterburg YeCHL finali mezbonligidan mahrum qilindi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
32.9K views14:54
Ochish/sharhlash
2022-02-24 15:29:59
Kiyev ostonasida havo janglari ketmoqda

Videoda – Kiyev oblastida “Stinger” yordamida urib tushirilgan Rossiya vertolyoti. Suratda – xuddi shu oblastda qulagan Ukraina qurolli kuchlari samolyoti (besh kishi halok bo‘lgan).

Xpress.uz – Siz kutgan format
35.2K views12:29
Ochish/sharhlash
2022-02-24 15:01:13
Avtoelon.uz da mashinani tez soting va yaxshi narxga sotib oling.

bepul programmani yuklab oling:
http://bit.do/avtoelon_xpressuz

Saytga havola:
http://bit.do/avtoelon_xpressuz_1

Reklama
34.5K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-02-24 13:26:18 Ukrain armiyasi vatan himoyasiga kirishgan, biroq ko‘p narsa agressorning qarorlari va G‘arbning qanchalik shoshilishiga bog‘liq

Ukraina Rossiyaning oltinchi samolyoti urib tushirilgani, Xarkovda to‘rtta tank yo‘q qilinganini xabar qildi. Bosqinchi tomon yo‘qotishlarni tasdiqlamayapti. Zelenskiy Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzganini ma’lum qildi.

Bugunning o‘zida Ukraina 40dan ortiq harbiysini yo‘qotganini rasman ma’lum qildi. 10ga yaqin tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan. Qurol ishlatishni biladigan erkaklarga qurol beriladi.

Dollar sotib olish kursi 90 rublgacha chiqdi, fond bozorlari qulamoqda. Rossiya Markaziy banki agressiyaning monetar oqibatlarini yumshatish uchun misli ko‘rilmagan intervensiyalar qo‘llashga majbur bo‘lmoqda. Qozog‘iston milliy banki tenge kursini qo‘llash uchun asosiy stavkani birdaniga 3,25 foizga – 13,5 foizgacha ko‘tardi.

Rossiyaning bir nechta shaharlarida fuqarolar ukrainlarni qo‘llab-quvvatlab yakka tartibda piketlar uyushtirmoqda. Rus jamoatchiligi vakillari, qator mashhur shaxslar, olimlar va ziyolilar urushni qoralab chiqishmoqda, biroq hukumat nazoratidagi mediamakonda bu chaqiriqlarga o‘rin berilayotgani yo‘q.

Aleksandr Lukashenko urushda Belarus harbiylari qatnashayotganini inkor qildi. Uning aytishicha, rasmiy Minsk DXR va LXRni tan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Kollektiv G‘arb esa hozircha faqat bayonotlar bilan cheklanmoqda xolos, Rossiyani to‘xtashga undashi mumkin bo‘lgan o‘ta qat’iy sanksiyalar va Ukrainaga navbatdagi moliyaviy/harbiy ko‘mak paketlari hozircha e’lon qilinmadi.

Ukrain xalqi yurtni himoya qilayotgan o‘z armiyasiga umid bog‘lagan, biroq mamlakatni uchta tomondan o‘rab olgan yuz mingdan ortiq rus qo‘shini istalgan daqiqada total hujumga o‘tishi ehtimolini inkor qilib bo‘lmaydi: avvalroq Putin ukrain harbiylarini qurollarini tashlashga chaqirgandi. Rossiya bu operatsiyadan yakuniy maqsadini va hujum miqyosini ochiqlamagan. Hozirda Ukraina qurolli kuchlarining muhim obyektlari ketma-ket yo‘q qilinmoqda. G‘arbning favqulodda va o‘ta faol aralashuvisiz, urush Kiyevda hokimiyat ag‘darilishi va Ukraina to‘liq Rossiya nazoratiga o‘tishi bilan tugashi mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format
36.6K viewsedited  10:26
Ochish/sharhlash
2022-02-24 12:10:40 Rossiyaning Ukrainaga bosqini: so‘nggi xabarlar

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning havo hujumidan mudofaa vositalari bostirilgani, ukrain chegarachilari “hech qanday qarshilik ko‘rsatmayotgani”ni ma’lum qildi. Ukraina tomoniga ko‘ra, raqibga munosib javob qaytarilmoqda, agressorning 5ta samolyot va vertolyoti yo‘q qilingan.

Ukrainada harbiy holat e’lon qilingan. Bosh shtab mamlakatning 17ta nuqtasida portlashlar va o‘q uzishlar ro‘y berayotganini ma’lum qildi. Prezident Vladimir Zelenskiy: “Putin Ukraina va butun demokratik dunyoga qarshi urush ochdi”, deya ta’kidlab, har soatda aholiga murojaat qilib turishini bildirdi.

G‘arb davlatlari Rossiyani o‘t o‘chishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda. Moskva esa tinch aholiga zarar yetmasligi, ukrain mudofaasini izdan chiqarishga qaratilgan zarbalar “yuqori aniqlikda” amalga oshirilayotganini aytmoqda. Biroq allaqachon tinch aholi orasida qurbonlar bor. Kiyev va Xarkov shaharlaridagi metro bekatlari bombadan panagoh vazifasini o‘tamoqda. Ukrainaning g‘arbiy chegara punktlarida avtomobil navbatlari yuzaga kela boshladi.

O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Kiyevdagi elchixona vatandoshlarni vahimaga berilmaslikka chaqirdi, vatanga qaytish istagidagi o‘zbekistonliklar ro‘yxati tuzilyapti. Ukraina o‘z havo hududini yopdi.

Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davom etmoqda. Prezident “dunyo soat sayin tahlikali bo‘lib borayotgani”, iqtisodiyotni o‘stirish orqali O‘zbekiston mudofaasi kuchaytirilishini aytdi.

Suratda: Kiyev oblastidagi harbiy obyektlardan biri hujumdan keyin

Xpress.uz – Siz kutgan format
37.5K viewsedited  09:10
Ochish/sharhlash
2022-02-24 10:36:49
Putin Yevropada urush olovini yoqdi

Bugun tongga yaqin, hali quyosh chiqmasidan rus armiyasi Ukraina hududini o‘qqa tuta boshladi. Tushga yaqin Rossiya harbiylari bevosita Ukraina nazoratidagi hududlarga kirib borgan, kamida ikkita aholi yashash punki egallangan.

Hujumlar Ukrainaning kamida 5ta oblasti, xususan poytaxt Kiyevga tutash tumanlardagi aeroportlar, aviabazalar, harbiy qismlar va o‘q-dori omborxonalariga qaratilmoqda.

Rossiya uchirayotgan raketalar Xarkov va Kiyev oblastlarida tinch aholi manzillariga kelib tushmoqda. Ayni daqiqalarda Ukraina IIV tinch aholi orasida dastlabki qurbonlar borligini ma’lum qildi.

Ukraina chegara xizmati hujumning shimoliy yo‘nalishida Rossiya armiyasiga Belarus qo‘shinlari yordam berayotganini ma’lum qildi. Belarus–Ukraina chegarasini tanklar kesib o‘tgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar bor.

Xpress.uz – Siz kutgan format
41.5K viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2022-02-24 08:00:00
Koʻring, faqat yigʻlamang! Bunday holatga deyarli har birimiz duch kelganmiz

Oʻz qadrini bilgan inson, albatta, zamonaviy pochta xizmatidan foydalanadi. BTS Express ushbu mavzuda juda zoʻr rolik ishlabdi. Qulay, tezkor va zamonaviy xizmat!

Hoziroq qoʻngʻiroq qilishingizni tavsiya qilamiz.

Qisqa raqam: 1230
+99871 207-08-09

Telegram | Instagram | Facebook | Web

Reklama
40.9K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-02-23 19:37:11
Yoshlar ittifoqi yetakchilariga metrodagi tualetdan bepul foydalanish huquqi berildi

Bugun, 23-fevral kuni Chilonzor metro bekatida ona-bola xonasi va hojatxona ishga tushirildi. Hojatxonadan foydalanish narxi 1500 so‘m etib belgilandi. Quyidagi toifa fuqarolar undan bepul foydalanishi mumkin:

II Jahon urushi qatnashchilari
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar
Chernobil falokati ishtirokchilari
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari
Yoshlar ittifoqi yetakchilari
7 yoshgacha bo‘lgan bolalar

Xpress.uz – Siz kutgan format
24.4K viewsedited  16:37
Ochish/sharhlash
2022-02-23 19:16:26
Vaksinaning buster dozasini olmagan xodimlar ishdan chetlashtiriladi

Ish beruvchilarga qo‘l ostidagi ishchi-xizmatchilarning koronavirusga qarshi emlanganlik, shu jumladan, buster doza bilan emlanish darajasi 90 foizdan kam bo‘lmasligiga erishish majburiyati yuklatildi. Respublika maxsus komissiyasining bugungi yig‘ilishida shunday qarorga kelindi.

Davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlar xodimlarining koronavirus infeksiyasiga qarshi, shu jumladan, buster doza bilan emlanmagani aniqlanganda, ular vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.

Xodim koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlanishni rad etganda, ish beruvchi tomonidan uning vaqtincha ishdan chetlashtirilishini San-epid xizmati qat’iy nazoratga oladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
24.5K viewsedited  16:16
Ochish/sharhlash