Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov: “Talabal | XPRESS

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov: “Talabalarni evakuatsiya qilish bilan shug‘ullangan diplomatimiz oxirgi guruh bilan birga Lvovga bordi. Hozir u yerdan elchixonamiz ishini muvofiqlashtiradi. Konsulimiz faqat konsullik masalalari – fuqarolarning hujjati bilan shug‘ullanmoqda. Qamoqdan chiqarib yuborilgan fuqarolarimiz bor. Ular hali nima qilishni bilmay turibdi. Ularning masalalarini yechishimiz kerak.

Shifoxonada odamlarimiz bor. Hozir elchixona yerto‘lasida, operatsiyadan chiqqan bemorimiz bor. Yana bir bemorning kelish ehtimoli bor. Endi odamlarimiz kelsa, mashina gaplashib, ularning evakuatsiyasini tashkil qilamiz. Ularning muammosi ham bor. Nogironlik aravachalari so‘rashgan, ammo buni hozir topishning imkoni yo‘q. Ukol-dori olishlari kerak. Shifokor bolalarimiz yordam berib turibdi. Ammo bu yoqda dorixonalar ham yopilyapti. Bu masalalarni ham hal qilishga urinyapmiz.

Eng yomoni, trevoga berilgach, hamma ishni tashlab yerto‘laga kirishimiz kerak. Shuning uchun kompyuterlarda ham ishlolmayapmiz. Internet juda yomon, bir ishlab, bir ishlamay qolmoqda”.

Bir necha soatdan so’ng, Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan vatandoshlarning birinchi guruhi Toshkentga qo‘nishi kutilmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format