Get Mystery Box with random crypto!

Ukraina: Aholi yashash punktlariga zarbalar berilishi keskin k | XPRESS

Ukraina: Aholi yashash punktlariga zarbalar berilishi keskin ko‘paydi

28-fevral kuni asosiy harbiy harakatlar Ukrainaning ikkinchi eng yirik shahri – Xarkovda kechdi. Bu yerda rus armiyasi aholi yashovchi kvartallarda og‘ir artilleriyadan foydalandi. Shahar ustida hatto Su-34 bombardimonchi samolyoti ham paydo bo‘lgan. Xarkovni o‘qqa tutish bugun ham davom etmoqda. Bu – Rossiya o‘z maqsadi yo‘lida tinch aholi orasida yuzlab odamlar o‘lishiga tayyorligini anglatadi.

Rus qo‘shinlari poytaxt Kiyevni shimol va g‘arbdan qurshab olyapti. Kecha Belarusning Gomel shahrida muzokaralarning 1-raundi bo‘lib o‘tdi. Ukrain tomoni bosqinni to‘xtatish va armiyani darhol olib ketishni talab qilmoqda. Delegatsiyalar ichki muhokamalardan keyin tez orada yana ko‘rishadigan bo‘ldi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar soat sayin ko‘paymoqda. Kecha Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Ariza tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format