Get Mystery Box with random crypto!

“Lazeyka” bekor qilinadi: Davlat xizmatchilariga biznes egasi | XPRESS

“Lazeyka” bekor qilinadi: Davlat xizmatchilariga biznes egasi bo‘lish taqiqlanadi

Qonunchilik palatasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Deputat Doniyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, ayni paytda davlat fuqarolik xizmatchilari soni 120 mingdan oshadi. Qonunga asosan, davlat fuqarolik xizmatchilari lavozimga ochiq tanlov asosida qabul qilinadi, ularga quyidagilar taqiqlanishi kutilmoqda:

o‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo‘lgan shaxslar bevosita bo‘ysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash;

pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yoki tadbirkorlik faoliyati tashkil etib, uning muassisi bo‘lish;

o‘z mavqeyidan foydalanib yoki o‘z xizmat vazifasini bajarish evaziga jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday turdagi mukofot yoki sovg‘a olish;

chet el fuqaroligiga ega bo‘lish;

respublika hududidan tashqarida bank hisobvaraqlari ochish, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka egalik qilish.

Xpress.uz – Siz kutgan format