Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentdan Shahrisabzga “Afrosiyob” qatnovi tiklandi 7-may | XPRESS

Toshkentdan Shahrisabzga “Afrosiyob” qatnovi tiklandi

7-maydan boshlab Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari harakati tiklanadi. Reyslar har shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd Toshkent shimoliy vokzalidan soat 8:00da, Shahrisabzdan esa soat 15:40da yo‘lga chiqadi.

Shu munosabat bilan, shanba va yakshanba kunlari Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovi to‘xtatiladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format