Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta’limida nufuzi bo'yicha Prezident maktablaridan keyingi | XPRESS

Xalq ta’limida nufuzi bo'yicha Prezident maktablaridan keyingi o'rinda turuvchi yangi bo‘g‘in yuzaga kelmoqda

“Bu agentlikni faqat 14 ta maktab uchun tuzganimiz yo‘q. U Prezident maktablaridagi muhitni, metodikani boshqa maktablarga ham olib kirishi kerak”, degandi prezident yil boshida. O‘sha yig‘ilishda ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilishi e’lon qilingandi. Xo'sh, hozirgacha nimalar ma'lum?

Jami 141ta ixtisoslashtirilgan maktab shu yilning o‘zida PTMA tasarrufiga o‘tadi. Bunday maktablarda:

uch bosqichli saralashdan o‘tgan o‘qituvchilar dars beradi;
sinfda o‘quvchilar soni 25 nafardan oshmaydi;
o‘quvchilar imtihon asosida qabul qilinadi;
ixtisoslik fanlardan tashqari O‘zbekiston tarixi ham chuqurlashtirib o‘rgatiladi;
sun’iy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha darslar o‘tiladi.

Kirish imtihoni: Aniq fanlar yo‘nalishida matematika, fizika va ingliz tili; tabiiy fanlarda biologiya, kimyo, matematika va ingliz tilidan test bo‘ladi.

Aniq fanlar yo‘nalishida o‘quvchilar 5-sinfdan, tabiiy fanlar yo‘nalishida 7-sinfdan qabul qilinadi va ta’lim shunga qarab yo 5 yil, yo 7 yil davom etadi.

Bu yil qayta tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarning hamma sinflariga qabul bo'ladi. Keyingi yildan bolalar faqat 5- va 7-sinfga qabul qilinadi. Demak, farzandining o'qishini kuchliroq maktabga ko'chirishni istaganlar ularni testga tayyorlashni boshlayverishsa bo'ladi.

Nima deb o'ylaysiz, ixtisoslashtirilgan maktablar ta'lim sifati bo'yicha xususiy maktablarga raqobatchi bo'la oladimi? Izohlarda yozib qoldiring.

Xpress.uz – Siz kutgan format