Get Mystery Box with random crypto!

Britaniyada o‘zbekistonlik ayol sanksiyaga uchradi. U Londonda | XPRESS

Britaniyada o‘zbekistonlik ayol sanksiyaga uchradi. U Londonda 65 mln funtlik saroyning egasi ekani aytilmoqda

BBC muxbiri Ibrat Safo Facebook'dagi sahifasida Londondagi eski tanishlaridan biri bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Britaniyada sanksiyaga uchraganini ma’lum qildi.

Xpress'ning e’tibor qaratishicha, Britaniya sanksiyasiga uchraganlar ro‘yxatida 1987-yil Toshkentda tug‘ilgan N.Z. ham bor. Rasmiy manbada u O‘zbekiston fuqarosi ekani, 2022-yil 2-mart kuni (Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan 6 kun o‘tib) rossiyalik milliarder Mixail Fridman o‘zining uchta kompaniyasini uning nomiga o‘tkazgani yozilgan.

Britaniya hukumati 15-martda tadbirkorning, 13-aprelda esa o‘zbekistonlik ayolning aktivlarini muzlatgan.

Yahudiy millatiga mansub 58 yoshli Fridman suratdagi Athlon House'ni 2016-yilda 65 mln funtga sotib olgan. Tadbirkor mart oyidayoq sanksiyalar uni xonavayron qilgani, ixtiyorida qolgan puli kamligidan hatto farrosh yoki haydovchi yollashga ham ikkilanayotganini aytgandi.

Xpress.uz