Get Mystery Box with random crypto!

Diplom dublikatining narxi – 300 ming so‘m Maktab, kollej, | XPRESS

Diplom dublikatining narxi – 300 ming so‘m

Maktab, kollej, litsey, texnikum yo oliygohni tugatganingizda olgan diplom (sertifikat)ingizni yo‘qotib qo‘ysangiz, yoki yaroqsiz holga kelsa, yoxud ism, familiya, otangizning ismi o‘zgarsa, diplom (sertifikat)ning dublikatini olishingiz mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega. Hukumatning kecha qabul qilingan qaroriga binoan, dublikatni berish bo‘yicha davlat xizmatining narxi 300 ming so‘m deb belgilandi.

Arizani davlat xizmatlari markaziga borib yoki my.gov.uz portali orqali berish mumkin. Dublikat 10 kunda tayyor bo‘ladi. Uni olish uchun vakolatli organga borishni istamasangiz, pochta orqali olishingiz mumkin (pochta to‘lovini to‘lash kerak bo‘ladi).

Xpress.uz