Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 134

2021-05-17 11:02:29
“AQSH nima deyishidan qat’i nazar” — britaniyalik deputat hukumatdan Yaqin Sharq bo‘yicha qat’iy pozitsiya ko‘rsatishni talab qildi

Britaniya parlamentining kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan a'zosi Laylo Moran vazirga keskin savollar bilan yuzlandi.

To'liq o'qish:
telegra.ph/mp-05-16

#XpressCaption
Xpress.uz – Siz kutgan format
69.1K views08:02
Ochish/sharhlash
2021-05-17 10:02:15
Rossiyalik ovchi "Qizil kitob"ga kiritilgan 2-qo‘ng‘ir ayiqni otmaydigan bo'ldi. Ekoqo'mita shu mavzudagi matbuot anjumanini bekor qildi

Ye.P.Shirokovning Ekologiya qo‘mitasi raisi ruxsati bilan "Qizil kitob"dagi qo‘ng‘ir ayiqni o‘ldirgani muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Unda yana 1ta ayiq otishga ruxsatnoma bor edi.

Ekoqo‘mita boshqarma boshlig‘i A.Sodiqov 1 yilda otish mumkin bo‘lgan 2 ayiqqa ham 1 kishi talabgor bo‘lgani uchun unga ruxsatnoma berilganini, endi ruxsatnoma bekor qilinganini bildirdi. Bunda "jamoatchilik e’tirozi inobatga olingani" aytilgan.

Bugun Ekoqo‘mita shu mavzuda matbuot anjumani qilishi kerak edi. Lekin anjuman noma’lum sabablarga ko‘ra, noma’lum muddatga ko‘chirildi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
68.3K viewsedited  07:02
Ochish/sharhlash
2021-05-17 09:24:20
Termizdagi maktabda yong‘in chiqdi.

#XpressCaption
Xpress.uz – Siz kutgan format
70.2K viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash
2021-05-17 08:31:09
Andijonda 6 erkak oilali ayolni zo‘rlagan

O.O. 13-may kuni 102ga qo‘ng‘iroq qilib, bir necha kishi Andijon tumani Qoraqalpoq mahallasida joylashgan dala shiyponida yolg‘iz qolganda unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy aloqada bo‘lganini ma’lum qilgan.

Tergov guruhi voqea joyiga borib, kerakli ashyolarni dalil sifatida olgan, ekspertizalar tayinlangan.

JKning 118-moddasi, 1-qismi – nomusga tegish aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etishda 6 kishi gumonlanmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
71.8K viewsedited  05:31
Ochish/sharhlash
2021-05-17 07:02:32
Yaqin Sharqda nimalar bo‘lyapti o‘zi?

G'azo sektori va Isroilda bombardimon boshlanganiga bugun bir hafta bo'ldi. Bir hafta ichida Isroil aviazarbalaridan halok bo'lganlar 188 nafarni tashkil etmoqda. Falastinliklardan 3000 mingga yaqin kishi jarohatlandi.

Isroil tomondan 10 kishi halok bo'ldi, 587 kishi jarohatlandi. Ikki tomon bir-biriga otgan raketalar soni allaqachon mingdan oshib ketdi. Xo'sh, u yerda o'zi nimalar bo'lyapti?

To'liq o'qish:
telegra.ph/conflict-05-16

Xpress.uz – Siz kutgan format
76.7K viewsedited  04:02
Ochish/sharhlash
2021-05-15 16:02:11
2021-yil liderlari e’lon qilindi

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern dunyoning 1-raqamli lideri deb topildi. Fortune jurnali uning koronavirusni jilovlashdagi strategiyasini olqishlagan. Mamlakatning 5 mlnlik aholisidan 2,7 mingdan kamrog‘i virus yuqtirdi, 26tagina o‘lim qayd etildi.

2-raqamli lider esa mRNA molekular biologiyasini yaratgan kompaniya boʻldi. Hozir dunyoda eng samarali bo‘lgan Pfizer/BioNTech va Moderna vaksinalari unga asoslanib yaratilgan.

3-raqamli liderlik e’tirofi esa PayPal to‘lov tizimi egasi Den Shulmanga berildi. Bunda PayPal’ning pandemiya davrida keng qo‘llanilgani hisobga olingan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
95.6K viewsedited  13:02
Ochish/sharhlash
2021-05-15 14:01:31
Yaponlar Tokio olimpiadasining o‘tkazlishini xohlamayapti — so‘rovnoma

Atigi 3 oydan keyin Tokioda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Olimpiada o‘yinlari aholida norozilik uyg‘otmoqda. Sababi aholi koronavirus vaziyati yomonlashishidan xavotirda.

Shifokorlar ham hukumatga o‘yinlarni bekor qilishni tavsiya qilmoqda. Lekin hukumat hali biror aniq gap aytgani yo‘q.

Yaponiyada hozirgacha 665,5 ming koronavirus holati aniqlangan, 11,2 ming o‘lim qayd etilgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
88.0K views11:01
Ochish/sharhlash
2021-05-15 11:01:27
Xitoy kemasi Marsga qo‘ndi

6 g‘ildirakli "Chjurong" kemasi Marsda 90 kun qolib, geologiyani o‘rganishi maqsad qilingan. Mars Yerdan 320 mln km uzoqlikda, yuborilgan ma’lumotlar Yerga 18 daqiqadan so‘ng yetib keladi.

Xitoy marsoxodini qizil sayyoraga muvaffaqiyatli qo‘ndirgan 3-davlat bo‘ldi. Bundan oldin AQSH va sovet ittifoqi bunga muvaffaq bo‘lgandi. Ittifoq yuborgan apparat qo'na olgan bo'lsa-da, u ishlamagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
88.1K viewsedited  08:01
Ochish/sharhlash
2021-05-15 08:20:14
Toshkent shahridagi 11-sinf o‘quvchilarining 85 foizi OTMlarda o‘qimoqchi

Bu – 24 mingdan ortiq o'quvchi degani. Qolgan o‘quvchilar kollej, texnikumda o‘qishni, ishlash va armiyada xizmat qilishni xohlaydi, deb ma’lum qildi poytaxt XTBB bo‘lim boshlig‘i Farog‘at Ahmadjonova.

O‘tgan yili toshkentlik bitiruvchilarning 36 foizi talaba bo‘lgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
86.4K viewsedited  05:20
Ochish/sharhlash
2021-05-15 06:00:30
“Amaldorlar Abror kelsa, nima deyman deb o‘ylab turishsin” — prezident Kun.uz muxbiri bilan suhbatda

Uchtepa tumanida jurnalistlar, xususan Kun.uz muxbiri Abror Zohidov bilan gaplashgan Shavkat Mirziyoyev qarorlar ijrosi, sifati va tartib-intizom masalasi muammoli ekanini aytdi.

“Ana shu masalalarni sizlar bilan birgalikda joyiga qo‘ysak, bular bilan (amaldorlarni ko‘rsatib) muloqotlaring ko‘p bo‘lib, bular ham har kuni ertalab turganda: “Abror kelsa, nima deyman?” deb o‘ylab tursa, ana shunda men kelgandek bo‘laman. Men sizlarga shunday ishonaman”, – dedi prezident.

Xpress.uz – Siz kutgan format
88.7K views03:00
Ochish/sharhlash