Get Mystery Box with random crypto!

2021-yil liderlari e’lon qilindi Yangi Zelandiya bosh vaziri | XPRESS

2021-yil liderlari e’lon qilindi

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern dunyoning 1-raqamli lideri deb topildi. Fortune jurnali uning koronavirusni jilovlashdagi strategiyasini olqishlagan. Mamlakatning 5 mlnlik aholisidan 2,7 mingdan kamrog‘i virus yuqtirdi, 26tagina o‘lim qayd etildi.

2-raqamli lider esa mRNA molekular biologiyasini yaratgan kompaniya boʻldi. Hozir dunyoda eng samarali bo‘lgan Pfizer/BioNTech va Moderna vaksinalari unga asoslanib yaratilgan.

3-raqamli liderlik e’tirofi esa PayPal to‘lov tizimi egasi Den Shulmanga berildi. Bunda PayPal’ning pandemiya davrida keng qo‘llanilgani hisobga olingan.

Xpress.uz – Siz kutgan format