Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 136

2021-05-11 11:12:31
DSQ Rasul Kusherbayev ustidan sudga bergan arizasini qaytarib oladi

DSQ kasaba uyushmasi va deputat uchrashib, ish sudgacha bormasligi kelishib olindi, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi.

Avvalroq Kusherbayev "soliqchilarni asossiz ayblagani" uchun sudga berilgan undan 4,6 mlrd so‘mlik ma’naviy zarar undirishmoqchi edi. Sud bu arizani rad etishi ham mumkin edi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
62.3K viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash
2021-05-11 11:01:30
Endi ta’lim o‘zga tilda bo‘lgan sinflarda o‘zbek tili chet tili sifatida o‘qitiladi

Buning uchun 2-sinf o‘zbek tili darsligi yaratildi, uni o‘quvchilar keyingi yildan o‘qishi mumkin, deb xabar berdi Ta'lim markazi.

O‘zbek tili chet tili sifatida:
gapirish, yozish;
– o‘qib, tinglab tushunish;
– grammatika;
– leksika
ko‘rinishida o‘rgatiladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
64.4K views08:01
Ochish/sharhlash
2021-05-11 10:02:09
20dan oshiq qurbon — Isroil Falastinga harbiy zarba berdi

Seshanbaga o‘tar kechasi Isroil Falastinga harbiy hujum uyushtirdi. Isroil buni Falastinning HAMAS guruhi oldinroq uchirgan 200dan oshiq raketaga javob tarzida qilganini bildirgan.

Isroilliklar Quddusdagi Al-Aqso masjidida ham musulmonlarga hujum qilishgan.

2 davlat o‘rtasida harbiy to'qnashuvlar doimiy ravishda davom etib kelmoqda. 1967-yilda Isroil Quddusni poytaxti deb e’lon qilgan, biroq Quddusning sharqiy qismini ham qo‘shib olgani xalqaro tan olinmagan.

Falastin esa Sharqiy Quddusni Gʻazo sektori bilan birga o‘ziniki bo‘lishini talab qilib keladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
68.2K viewsedited  07:02
Ochish/sharhlash
2021-05-11 08:50:02
Samarqand shahridagi ta’lim muassasalarida karantin yana 14 kunga uzaytirildi

"Samarqand shahridagi maktab, OTMlar, kollej va texnikumlar 27-apreldan 10-maygacha karantinga yopilgandi. Koronavirus vaziyati sabab bu muddat yana uzaytirildi", deb xabar berdi Samarqand shahar hokimligi matbuot kotibi Abdujabbor Po‘latov.

Xpress.uz – Siz kutgan format
68.9K views05:50
Ochish/sharhlash
2021-05-11 07:25:01
Jabrlanganlar yoki yong‘in bo‘lgani yo‘q — Mudofaa vazirligi 9-may salyutining odamlar oldiga tushgani haqida

9-may kechki payt qilingan mushakbozlikda Olmazor tumanining Ziyo va Shifonur ko‘chalari chorrahasida yerga feyerverkning yonmay qolgan qismi tushgan.

Mudofaa vazirligi yonayotgan element darhol o‘chirilganini, hech kimga zarar yetmaganini xabar qildi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
76.7K views04:25
Ochish/sharhlash
2021-05-10 18:02:02
Viktoriya sharsharasi qurib bormoqda

Sahroyi kabirda joylashgan, 100 metrdan ham balanddan oqib tushadigan, 1,7 km uzoqlikka cho‘zilgan Viktoriya sharsharasi qurimoqda. Bu 2019-yildan boshlangan.

Noyob sharsharaning qurishiga sabab – iqlim isishi. Afrika – insoniyat ta’sirida tezlashayotgan isishdan eng ko‘p aziyat chekayotgan qit'a.

Viktoriya – turistlarni jalb qiluvchi manzil va shu sabab Zimbabve, Zambiya davlatlari uchun asosiy daromad manbayi edi. Sharshara suvining kamayishi esa turistlar sonini keskin kamaytirgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
82.4K viewsedited  15:02
Ochish/sharhlash
2021-05-10 17:38:42
“Sardoba ishi” bo‘yicha sudlangan 17 kishidan 6 nafari qamaldi

Asosiy figurant – “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK bosh direktorining o‘rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan M.Xolmatovga 10 yil berildi.

Suv omboridan foydalanish direksiyasi boshlig‘i, “UzGIP” MChJ bo‘lim boshlig‘i, «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK rahbari, “Omad dubl” MChJ rahbari 5 yil muddatga qamaldi.

“To‘palang HDP Irrigation Systems” rahbari 4 yilga kesildi. Suv omboridan foydalanish direksiyasi bosh muhandisiga 4 yil ozodlikni cheklash tayinlandi. Qolgan sudlanuvchilarga jarima tayinlandi.

Tasdiqlanishicha, 14 kishi pullarni talon-toroj qilgan. Yetkazilgan zarardan qanchasi undirilgani ma'lum qilinmadi.

404 million dollarga qurilgan Sardobadagi o'pirilish byudjetga 146 million dollarga tushmoqda

Xpress.uz – Siz kutgan format
78.4K viewsedited  14:38
Ochish/sharhlash
2021-05-10 16:51:23
Paxta yog‘i narxi oshishiga chigit narxining asossiz oshirilgani sabab bo‘lgan Aksilmonopol qo'mita

Aprel oyida texnik chigitning boshlang‘ich narxi 38 foiz ko‘tarilgani aniqlangan.

Chigit narxi o‘simlik yog‘i narxi oshishi fonida sun’iy oshirilgan. Hozir 34ta narx oshirgan klasterga Aksilmonopoliya qo‘mitasi ish qo‘zg‘atgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
76.2K viewsedited  13:51
Ochish/sharhlash
2021-05-08 17:24:23
O‘zbekiston gilos eksportini boshladi

Farg‘ona viloyatining Quva tumani va Quvasoy shaharlarida gilos pishdi. Mevalar Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga eksport qilinmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
80.2K viewsedited  14:24
Ochish/sharhlash
2021-05-08 16:02:26
Portugaliyada dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigi ochildi

Portugaliyaning Arouca Geopark ko‘prigi – "dunyodagi eng uzun" maqomiga ega bo‘ldi. Uni qurish uchun 2 yil vaqt va $2,8 mln sarflangan. Osma ko‘prikdan pastga qaralsa, butun manzara ko‘rinadi, u yerdan 175 metr balandlikda joylashgan, uzunligi esa 516 metr.

Ko‘prik 3-maydan boshlab sayyohlar uchun ochiq.

Xpress.uz – Siz kutgan format
80.2K views13:02
Ochish/sharhlash