Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 131

2021-05-22 14:01:33
Qashqadaryoda "Qizil kitob"ga kiritilgan 700ga yaqin toshbaqani olib ketayotgan brokonerlar ushlandi

O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqalari Chiroqchi tumanidan noqonuniy terib olingani aniqlangan.

Ekologiya qo‘mitasiga ko‘ra, brokonerlarga hujjatlar rasmiylashtirilib, toshbaqalar xavfsiz hududlarga topshirish uchun jo‘natildi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
65.2K viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash
2021-05-22 13:01:32
Keyingi yildan boshlab chet tilini bilmaydiganlar magistraturaga qabul qilinmaydi

Prezident qaroriga ko'ra, OTMlarning magistraturasiga yoki oliy ta’limdan keyingi ixtisosliklarda o‘qishga kirishda:
– filologiya yo‘nalishlari talabgorlarining chet tilisi kamida С1;
– nofilologik yo‘nalishga topshiradiganlarniki B2 daraja bo‘lishi kerak.

Bunda ushbu darajalarni tasdiqlovchi til sertifikatlari milliy yoki xorijiy bo‘lishi mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format
70.8K viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2021-05-22 12:01:30
Ispaniyada o‘g‘irlikdan o‘zini tiyolmaydigan korrupsioner amaldorlar uchun reabilitatsiya tashkil qilindi

Hozircha 9ta turmada korrupsiya bo‘yicha o‘tirgan 2004 amaldor mahbus dasturga jalb qilingan. Ularni psixiatrlar kuzatib boradi.

Korrupsionerlarga darslar davomida o‘zlari aldagan kishilaridan kechirim so‘rash topshirig‘i beriladi. Sababi psixiatrlar ularning ko‘pchiligi pora olganlari o‘zlari uchun emas, balki bergan odam uchun foydali bo‘lgan, degan fikrda ekanini aniqlashgan.

Korrupsiya reabilitasiyasi mahbuslar o‘tayotgan muddatni qisqartirmaydi, lekin muddatidan oldin ozod qilish holatlarida inobatga olinishi mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format
66.5K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-05-22 09:41:19
Shu yildan kredit-modul tizimiga o‘tgan OTMlarning qarzdor talabalari yozgi semestrda ham o‘qishi mumkin

Bu kerakli kredit to‘play olmagan talaba uchun 2ta imkoniyat beradi:
kursdan kursga qolmaslik;
yana qayta kontrakt to‘lamasdan, faqat o‘zlashtira olmagan fanlari uchun pul to‘lash.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Xpress.uz’ga bergan intervyusida aytishicha, 10 kredit yig‘a olmagan talaba 4 mln emas, 1 mln 300 ming to‘lab fanlarini yopadi.

#XpressInfo
Xpress.uz – Siz kutgan format
75.0K viewsedited  06:41
Ochish/sharhlash
2021-05-22 08:31:16
10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan to‘lash 1-iyundan boshlanadi

Hozir "Sog‘lom turmush tarzi" platformasi uzbektourism.uz saytida test rejimida ishlayapti, lekin pul to‘lash 1-iyundan boshlanadi.

Qadamlarni hisoblash uchun:
Play Marketda – Fit;
AppStoreda HealthKit ilovasini yuklab olish kerak.

Kuniga 10 ming qadamdan ko‘p yurganlarga 3 ming so‘m o‘tkaziladi. Har oy oxirida eng ko‘p yurganlarga qo‘shimcha pul beriladi. Bunda tumanda eng ko‘p yurgan odam – 300 ming, viloyatda – 500 ming, respublikada eng ko‘p yurgan esa 1 mln so‘m qo‘shimcha pul oladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
76.4K viewsedited  05:31
Ochish/sharhlash
2021-05-22 07:35:02
Chet tillari OTMlarida grantlar soni 3 baravarga oshiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, shu yildan chet tillari OTMlarida qabul 2 baravar, davlat granti esa 3 baravar oshiriladi.

2022–2023-o‘quv yilidan chet tillari OTMlari bitiruvchilari davlat attestatsiyasidan tashqari, milliy yoki xalqaro til bilish imtihonini topshiradi. Bu imtihon xarajatlarini OTM ko‘taradi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
72.9K viewsedited  04:35
Ochish/sharhlash
2021-05-21 17:02:05
"Damas" yangi modifikatsiyada ishlab chiqariladi

"Blue line" nomini olgan "Damas"ning yangi modifikatsiyasida asosiy o‘zgarishlar interyerda yuz beradi – yangicha chexol, rul va bar o‘rnatiladi, deb xabar berdi Kun.uz

Lekin avtomobilning narxi va qachondan seriyali ishlab chiqarilishi hozircha ma’lum emas.

Xpress.uz – Siz kutgan format
80.6K views14:02
Ochish/sharhlash
2021-05-21 16:31:32
Yangi O‘zbekiston universiteti ochiladi — bosh vazir o‘rinbosari

Bu OTM prezident maktablari o‘quvchilari uchun bo‘ladi.

Behzod Musayevning aytishicha, universitet – Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi. Prezident maktablarida Kembrij ta’lim tizimi asosida dars beriladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
74.3K viewsedited  13:31
Ochish/sharhlash
2021-05-21 16:02:10
Shavkat Mirziyoyev YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi

"Epidemiologik vaziyatning barqarorlashishini, mamlakatlarimizda aholini emlash jarayonini hisobga olgan holda, biz muntazam havo va temiryo‘l qatnovini tiklash vaqti keldi, deb o‘ylaymiz", – dedi prezident Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida.

Xpress.uz – Siz kutgan format
71.3K viewsedited  13:02
Ochish/sharhlash
2021-05-21 14:31:34
Bu yil magistraturaga mos bo'lmagan yo‘nalishga hujjat topshirish imkoni bo‘lmaydi — OO'MTV

Mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish tartibi tiklanadi. Sababi bakalavrdagi mutaxassislikdan butunlay begona yo‘nalishda magistraturada o‘qish tartibi o‘zini to‘la oqlamagan.

Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Xpress.uz'ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, ham o‘qituvchilardan e’tirozlar ko‘p bo‘lgan, ham talabalar begona mutaxassisliklarda o‘qishga qiynalgan.

#XpressInfo
Xpress.uz – Siz kutgan format
90.3K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash