Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 129

2021-05-25 13:02:07
Oliy ta’lim vaziri yoshlar chetga intilishining 2ta asosiy sababini aytdi

Abduqodir Toshqulov yoshlar bilan uchrashuvda xorijga qiziqish tendensiyasining 2ta sababini keltirgan:

– yoshlar va ota-onalarni ta’lim sifati qoniqtirmayotgani;
– O‘zbekiston uzoq muddat yopiq bo‘lgan, ochilgach esa boshida chetga chiqish to‘lqini bo‘lishi.

Ta’lim sifatini oshirish va kredit-modul tizimini o‘zlashtirish uchun keyingi yildan OTMlarda yangi prorektor lavozimi joriy etilib, bu ishni bajarish uchun xorijdan kadrlar olib kelinadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
56.3K viewsedited  10:02
Ochish/sharhlash
2021-05-25 12:02:09
Keyingi o‘quv yilidan chet tillari o‘qituvchilari ishga kirishda B2 darajaga ega bo‘lishi majburiy bo‘ladi

2022–2023-o‘quv yilidan OTM o‘qituvchilari chet tilisi kamida C1 ekanini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi kerak, deb belgilangan hukumat qarorida.

Davlat OTMlarida boshqa fanlardan dars beradigan o‘qituvchilarning ham kamida 50 foizi 2024/25-o‘quv yiligacha B2 darajaga ega bo‘lishi kerak.

Xpress.uz – Siz kutgan format
60.7K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2021-05-25 10:01:29
Kirish imtihonida eng yuqori ball oladigan 200 nafar yosh 2 mlnga yaqin stipendiya oladi

Shu o‘quv yilidan yuqori ball bilan o‘qishga kirganlarga prezident granti beriladi, miqdori prezident stipendiyasiga teng, hozir 2 mln so‘mga yaqin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xodimi Jaloliddin Qurbonovning Xpress.uz'ga ma’lum qilishicha, agar yuqori ballilar ko‘p bo‘lsa ham, ularning birortasi stipendiyasiz qolmaydi. To‘plagan balli bilan 200-o‘rinda turganlar nechta bo‘lsa, ularning hammasi uchun grant ajratiladi.

Hurmatli abituriyentlar, bu grant har biringizga nasib qilishi mumkin. Olg‘a!

#XpressInfo
Xpress.uz – Siz kutgan format
67.4K viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2021-05-25 09:02:35
Kamida 115 ming — JSST koronavirus sabab qancha tibbiyot xodimi vafot etganini ma’lum qildi

"Garchi COVID-hisobotlari juda to‘g‘ri bo‘lmasa-da, lekin hisobimizcha, 18 oydan beri 115 ming tibbiyot xodimi bemorlarga jonlarini berib xizmat ko‘rsatdilar", – deb ma’lum qildi JSST rahbari Tedros Gerbeyesus.

JSST rahbari hamma davlatlarning oldida sentabrgacha kamida 10 foiz aholisini emlab bo‘lish vazifasi turishi kerakligini ta’kidlagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
59.5K viewsedited  06:02
Ochish/sharhlash
2021-05-25 08:01:09
Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi

Prezident farmoni bilan, Shoazim Minovarov ushbu lavozimda ish boshladi.

Shoazim Minovarov – jadidchilik harakati yo'lboshchilaridan bo'lgan Munavvarqori Abdurashidxonovning nevarasi, shu paytgacha turli mas'uliyatli lavozimlarda ishlagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
61.0K viewsedited  05:01
Ochish/sharhlash
2021-05-25 07:40:02
23-may kungi yomg‘irda Toshkentda suv toshishiga chiqindilar asosiy sabab bo‘lgani aytildi

Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi Xayrulla Tursunovga ko'ra, 1 kun oldin tozalangan ariqlar polietilen paketlar, baklajkalar va qog‘oz stakanlar bilan to‘lib qolgan. Ular – shaharga suv toshishining asosiy sababchisi.

"Ariqlarning zovurlarga quyiladigan qismida temir panjaralar o‘rnatilgan, o‘sha yerni tozalab tashlasak muammo hal. Biroq unga qadar vaqt kerak va yo‘llarga suv toshadi", deb Xayrullo Tursunovning so‘zlarini keltirgan shahar hokimligi.

Poytaxt hokimi o‘rinbosari Shohrux Rahimjonov esa suv toshgan asosiy ko‘chalarda urnalar "yetarli" ekanini, biroq "kimlarningdir erinchoqligi yoki shunchaki odati bois" suv to‘planib qolganini bildirgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
64.3K views04:40
Ochish/sharhlash
2021-05-24 20:55:53
OTMlarda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari ro‘yxatiga masofaviy ta’lim shakli ham qo‘shiladi.

Oliy ta’lim muassasalarida 2021/22-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, deb ma’lum qilindi prezidentning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida.

Xpress.uz – Siz kutgan format
74.4K viewsedited  17:55
Ochish/sharhlash
2021-05-24 18:01:35
Sankt-Peterburgdagi kafeda ovqat idishlarini yeyish mumkin

Bunday idishlar un, yog’, tuz va suvdan tayyorlangan.

#XpressCaption
Xpress.uz – Siz kutgan format
76.0K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-05-24 17:02:06
Bu yil maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini o'tkazishga ruxsat berildi

Xalq ta’limi vazirligi tadbirlarni ortiqcha xarajatlarsiz, oilaviy farqni ko‘rsatuvchi turli bezaklarsiz, karantinga amal qilib o‘tkazishni so‘ramoqda.

Bu yilgi maktab bitiruvchilari – 438 mingga yaqin. Xpress.uz jamoasi bitiruvchilarni tabriklaydi, oliy ta’limda o‘qish istagida bo‘lganlarga talabalik nasib qilishini, ishlash niyatida bo‘lgan bitiruvchilarga esa yaxshi ish topishlarini tilaymiz.

Xpress.uz – Siz kutgan format
74.1K views14:02
Ochish/sharhlash
2021-05-24 16:00:53
Italiyadagi eng mashhur cho‘qqilardan biri – Mottaronega olib boradigan kanat arqoni uzilib ketdi, qurbonlar – 14 kishi.

#XpressCaption
Xpress.uz – Siz kutgan format
69.7K viewsedited  13:00
Ochish/sharhlash