Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 133

2021-05-18 09:05:10
21-maydan metro ish vaqtida o‘zgarish bo‘lyapti

Chilonzor va O‘zbekiston yo‘llarining ish tartibi vaqtincha soat 06:00dan 23:00gacha etib belgilandi. — Toshkent metropoliteni

Hozirgi tartibga ko'ra, bu yo'nalishlarda metro 05:00dan 00:00gacha ishlaydi. O'zgarish sababi izohlanmagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
68.6K viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash
2021-05-18 07:31:10
AQSH prezidenti o‘tgan yili qancha daromad ko‘rganini e’lon qildi

Jo Bayden va uning rafiqasi 2020-yilda $607,3 ming daromad ko‘rgan va $157,4 ming soliq to‘lagan. Uning daromadi 2019-yilda ko‘proq – $985,2 ming bo‘lgan. Asosan, nutqlar va universitet ma’ruzalaridan ko‘rilgan daromad karantin sababli kamaygan.

Prezidentlar daromadini ochiqlash an’ana bo‘lsa-da, Baydendan oldingi prezident Tramp buni rad etgandi. Bayden daromadini ochiqlab, an’anani tikladi. Uning prezidentlik maoshi – yiliga $400 ming.

Vitse-prezident Kamala Harris va uning turmush o‘rtog‘i Dug Emhof esa 2020-yilda $1,7 mln daromad ko‘rgan va $621 ming soliq to‘lagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
73.3K viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2021-05-17 19:47:17
Timur “soqqani bosish” haqida, Farhod “jirafalar” haqida, Ulug‘bek esa 5 yil oldin daftariga nimalar deb yozgani haqida gapirib berdi

Vaynerlar – kimlar? O‘zingiz tanigan vaynchilarni SUBYEKTIV'da qayta kashf eting.

TO‘LIQ VIDЕO
43.2K viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash
2021-05-17 19:02:10
Islandiyada uyg‘oq vulqon sotuvga qo‘yildi

Fagradalsfyadl vulqoni joylashgan yerga bir necha ajdodi egalik qilib kelayotgan oila uni omma uchun qiziqarli maskan qilishni istagan biror kishiga sotmoqchi. Hozircha 2ta taklif tushgan.

Hukumat vulqon hududini sotib olmoqchi emas. Lekin vulqon hududi turistik zonaga aylantiriladigan bo‘lsa, $560 mlndan ortiqroq pul bilan infrastrukturaga yordam berilishi ma’lum qilingan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
50.3K viewsedited  16:02
Ochish/sharhlash
2021-05-17 18:00:16
Paxtachida mashinani asossiz jarima maydoniga qo‘ygan YHX xodimlari "tanbeh" va "hayfsan" oldi

Paxtachi tumanida yo‘l berishini so‘rab "kattakonlar"ga signal chalgani uchun haydovchining mashinasi jarima maydoniga qo‘yilgach, YHXB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlangandi.

Samarqand viloyati IIBga ko‘ra, voqeada qatnashgan:
tuman IIB YHXB boshlig‘i M.Tog‘ayevga "hayfsan";
YPX inspektori safdor F.Haitovga "tanbeh" berilgan.

Paxtachi tumani IIB boshlig‘i S.Ortiqovning harakatlari esa viloyat IIBda bo‘ladigan ofitserlar tarkibidagi Intizomiy kengashda ko‘rilishi kerak.

Xpress.uz – Siz kutgan format
53.7K viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash
2021-05-17 17:20:02
Senatning Gender qo‘mitasi Andijonda 6 nafar erkak zo‘rlaganlikda gumonlanayotgan ayol voqeasini nazoratga oldi

Andijon IIB dastlabki ma’lumotlarni qo‘mitaga taqdim etgan. Hozir holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov boryapti, deb yozdi Senat.

Xpress.uz – Siz kutgan format
53.7K views14:20
Ochish/sharhlash
2021-05-17 15:31:26
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotganlarga qanday hollarda xizmat joyini o‘zgartirishga ruxsat beriladi?

Savolga Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov javob berdi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
60.5K views12:31
Ochish/sharhlash
2021-05-17 15:02:32
Bu hafta 1-yarmida havo juda issiq bo‘ladi

Kunduzlari 32–35 darajagacha isiydi. Bu o‘rtacha ko‘pyillik qiymatlardan 5–8 darajagacha yuqori.

O'zgidrometga ko'ra, hafta oxiriga borib, havo biroz salqinlashib, harorat 27–30 darajaga tushadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
60.8K viewsedited  12:02
Ochish/sharhlash
2021-05-17 14:01:32
Turkmaniston poytaxti Ashxobodda 25-maygacha kunduz kunlari shaxsiy avtomobilda yurish taqiqlandi

Poytaxtning 140 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ekoaksiyada qatnashayotgan velosipeddagilar xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan.

Hozir Ashxobodda kunduzi faqat taksi va jamoat transporti harakatlanyapti. Taksilar esa narxni ko‘tarib yuborgan, jamoat transporti yo‘lovchilar oqimini eplolmayapti.

#XpressCaption
Xpress.uz – Siz kutgan format
63.8K viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash
2021-05-17 12:30:00
Paxtachi tumanida haydovchining mashinasi "kattakon"larga signal chalgani uchun jarima maydoniga qo‘yildi

8-may kuni "Damas" haydovchisi katta yo‘lga chiqishda mashinalar oqimi kamayishini kutib turganda yo‘lini IIB xizmat mashinasi to‘sib to‘xtagan. Haydovchi "yo‘l ber" ma’nosida signal chalgan va xizmat mashinasida bo‘lgan Paxtachi tuman IIB YHXB boshlig‘i Maqsud Tog‘ayevga bu yoqmagan.

U haydovchidan hujjatlarini so‘rab, so‘ng mashinasini jarima maydoniga joylashtirgan.

Video internetda tarqalib ketgach, Tog‘ayev ustidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
69.3K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash