Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyalik ovchi 'Qizil kitob'ga kiritilgan 2-qo‘ng‘ir ayiqni | XPRESS

Rossiyalik ovchi "Qizil kitob"ga kiritilgan 2-qo‘ng‘ir ayiqni otmaydigan bo'ldi. Ekoqo'mita shu mavzudagi matbuot anjumanini bekor qildi

Ye.P.Shirokovning Ekologiya qo‘mitasi raisi ruxsati bilan "Qizil kitob"dagi qo‘ng‘ir ayiqni o‘ldirgani muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Unda yana 1ta ayiq otishga ruxsatnoma bor edi.

Ekoqo‘mita boshqarma boshlig‘i A.Sodiqov 1 yilda otish mumkin bo‘lgan 2 ayiqqa ham 1 kishi talabgor bo‘lgani uchun unga ruxsatnoma berilganini, endi ruxsatnoma bekor qilinganini bildirdi. Bunda "jamoatchilik e’tirozi inobatga olingani" aytilgan.

Bugun Ekoqo‘mita shu mavzuda matbuot anjumani qilishi kerak edi. Lekin anjuman noma’lum sabablarga ko‘ra, noma’lum muddatga ko‘chirildi.

Xpress.uz – Siz kutgan format