Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 132

2021-05-21 14:01:36
Asakadagi "Yoshlar forumi"da tuman hokimi Mansurbek Alixanov maxsus chiqish qildi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
70.5K views11:01
Ochish/sharhlash
2021-05-21 12:02:02
Yakuniy imtihonlar va BMI himoyalarini auditoriyada o‘tkazish tanlovi 1-o‘rinda turibdi — vazirlik

OTMlarda yakuniy imtihonlar va BMI himoyalarining sifatli bo‘lishi, talabaning ham, OTMning ham rozi bo‘lishi uchun ularning onlayn emas, auditoriyada o‘tkazilgani ma’qul. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Xpress.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Agar hududdagi koronavirus vaziyati imkon bermasa, o‘sha hududdagi OTM yakuniy imtihonlari va BMI himoyalarini onlayn o‘tkazsa bo‘ladi.

#XpressInfo
Xpress.uz – Siz kutgan format
79.3K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2021-05-21 11:02:37
Bayden o'zini olqishlamaganlarga "bo'shsizlar" deb tanbeh berdi

Jo Bayden Coast Guard Academy (Sohil xavfsizlik akademiyasi) bitiruvchilari oldida nutq so‘zladi. U ushbu akademiyani Dengiz kuchlarining qattiq yadrosiga o‘xshatib, bu gapi uchun olqish kutgan. Bitiruvchilarda esa reaksiya bo‘lmadi.

Bir paytlar AQSHning 40-prezidenti Ronald Reygan Sohil xavfsizlik akademiyasini xuddi shunday maqtaganda uni olqishlashgandi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
72.4K viewsedited  08:02
Ochish/sharhlash
2021-05-18 16:20:14
Nega Google Earth'da Isroil hududlari blurli ko‘rinadi?

Google Earth xaritasida Isroil hududlari juda noaniq ko‘rinadi.

1997-yilda AQSHda Isroil hududining sun'iy yo'ldoshdan olingan suratlarini ommaga e'lon qilishda rasm sifatini majburiy pasaytirishga oid qonun chiqqan. Qonun talablari amalda Falastin hududiga nisbatan ham tatbiq etib kelinmoqda.

Bu qonun talablari 2020-yilda yumshatilgan, biroq butun Falastin-Isroil hududi Google Earth'da haligacha xira. Dasturda atayin xiralashtirilgan maxfiy obyektlardan tashqari, bunday katta hududning blurlangani boshqa joyda uchramaydi.

Taqqoslash uchun yuqorida Tel-Aviv va Toshkent shaharlarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini ilova qildik.

Xpress.uz – Siz kutgan format
60.3K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2021-05-18 15:30:02
Hindistonda koronavirus holati 25 mlndan oshdi, dahshatli siklon ham virus tarqalishini oshirdi

Oxirgi 24 soat ichida 263 mingdan oshiq holat qayd etildi.

O‘tgan hafta Hindistonda Tauktaye sikloni kuzatildi, 10dan oshiq odam vafot etdi, 90 kishi bedarak yo‘qolgan. Gujorat shtatidan 200 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan va bu ham kasallik tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
60.2K viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash
2021-05-18 13:31:27
Haftasiga 55 soat va undan ko‘p ishlash o‘lim xavfini oshiradi — JSST, Xalqaro Mehnat Tashkiloti

Ikki xalqaro tashkilot tadqiqotiga ko‘ra 1 haftada 55 soat yo undan ko‘p ishlaydiganlarda 35-40 soat ishlaydiganlarga qaraganda qon-tomir kasalliklari 35 foizga, yurak kasalliklari 17 foizga ko‘p uchraydi.

Normadan ortiq ishlash – 3ta eng xavfli kasbga oid kasallik sababchilaridan biri. U 72 foiz holatda erkaklarga ko‘proq xavf soladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
72.9K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2021-05-18 12:02:06
Samsung o‘z smartfonlari egalariga kripto aktivlarini boshqarish imkonini berdi

Android OS 9.0 va undan keyingi modeldagi Samsung telefonlarini ishlatadigan foydalanuvchilar Ledger Nano S va Ledger Nano X.2 hamyonlariga ulanib, ulardagi virtual aktivlarini boshqarishi mumkin.

Virtual aktivlarni boshqarish uchun smartfon o‘ta xavfsiz bo‘lishi kerak. Samsung buni Samsung Knox xavfsizlik tizimi orqali ta’minlagan. Ma’lumotlarni faqatgina maxsus kod yoki foydalanuvchining barmoq izi orqali ochish mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format
64.7K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2021-05-18 11:03:06
Bugun, 18-may – Muzeylar kuni. Muzeyga kirish bepul

Toshkentning o‘zida 50ga yaqin muzeylar bor. Shahar hokimligiga ko‘ra, bugun ularda o‘nlab yangi ko‘rgazmalar tashkil qilinadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
67.2K viewsedited  08:03
Ochish/sharhlash
2021-05-18 10:01:30
Bu yil 1-sinfga bolalar necha yoshda qabul qilinadi?

Bolalar maktabga 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2014-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
70.2K views07:01
Ochish/sharhlash