Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 135

2021-05-14 18:02:20
Respublika Onkologiya markazi uchun yangi bino quriladi

Yangi bino Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘ladi. U Janubiy Koreya tajribasi asosida quriladi.

Prezident selektorida onkologik kasalliklarni davolash va ularning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Endi hududlarda saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar bo‘ladi, ularda maxsus onkomarkerlar tekshiruvi yo‘lga qo‘yiladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
86.7K views15:02
Ochish/sharhlash
2021-05-11 17:23:20
Urush qatnashchilarining pensiyalari oshirildi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil 10-maydan boshlab, 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – 2,5 million so‘m etib belgilandi. Hozirgi kunda bu miqdor – 800 ming so‘m.

Xpress.uz – Siz kutgan format
56.3K viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash
2021-05-11 17:03:09
Xitoylik olimlar robot-qo‘l yasadi. Uni 3D printerda chop etish mumkin

Xitoy fan va texnologiya universiteti tadqiqotchilari kundalik vazifalarni bajara oladigan robotlashtirilgan qo‘l ishlab chiqdilar.

Yasama qo‘l derazalarni tozalashi, eshik va tortmalarni, ichimlik idishi qopqog‘ini ochishi, kichik buyumlarni ushlashi, chizg‘ich yordamida to‘g‘ri chiziqlar chizishi mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format
54.6K views14:03
Ochish/sharhlash
2021-05-11 16:21:27
Jamoat xavfsizligi universitetiga qabul qachon boshlanishi va imtihonlar haqida ma’lumot berildi

Talabgorlar 1-fevraldan 1-aprelgacha hududiy mudofaa ishlari bo‘limlariga ariza berishlari mumkin. Keyin suhbat, tibbiy ko‘rik, psixologik va jismoniy sinovlar bo‘ladi. Bundan o‘tganlar yakuniy tibbiy ko‘rikdan ham o‘tadi.

Oxiri saralanganlar o‘zi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha test topshiradi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
54.4K views13:21
Ochish/sharhlash
2021-05-11 15:12:05
Hayit namozi vaqtlari ma’lum qilindi

Ramazon hayiti namozi 13-may, payshanba kuni Toshkent shahrida soat 05:30da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
63.7K viewsedited  12:12
Ochish/sharhlash
2021-05-11 14:32:08
JSST koronavirusning Hindiston shtammini "global xavfli" deb topdi

Sababi dastlabki o‘rganishlar bu virusning juda tez tarqalishini ko‘rsatgan. Hozirgacha koronavirusning 3ta shtammi: "britancha", Braziliya va Afrika shtammi "global xavfli" deb tasniflangandi.

O‘zbekistonda "britancha" va Afrika shtammlari aniqlangan, Hindiston va Braziliya variantlari qayd etilgani haqida ma'lumot yo'q.

Xpress.uz – Siz kutgan format
58.8K viewsedited  11:32
Ochish/sharhlash
2021-05-11 14:03:15
Bu yil har bir viloyatda bittadan prezident maktabiga qabul bo‘ladi

Toshkent, Namangan, Xiva va Nukusdagi maktablarga 5-6-sinf uchun, qolgan barcha hududlardagi prezident maktablariga 5–9-sinflar uchun qabul bo‘ladi.

Hujjatlar onlayn tarzda, 5–25-iyungacha olinadi.

Kirish imtihonlari 2ta bosqichda bo‘ladi. 1-saralash 20–25-iyulda, yakuniy imtihon esa 20–23-avgustda bo‘ladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
60.2K views11:03
Ochish/sharhlash
2021-05-11 13:30:01
“Ular tanada iz qoldirmasdan kaltaklashdi” — Tomskda politsiya tomonidan do‘pposlangan o‘zbekistonlik

Surajbek TRTga bergan intervyusida kaltaklanganidan keyin og‘riqdan ikki kun uxlolmaganini aytdi:

“Ular odamlarni urish bo‘yicha professional shekilli, chunki kaltaklashganlaridan keyin izlar qolmagandi. Lekin tanam og‘rirdi. Ekspertizada esa birorta ham jarohat izlari topilmadi deb yozishdi”.

Eslatib o'tamiz, holat bo'yicha politsiyachiga jinoyat ishi ochilgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
59.8K views10:30
Ochish/sharhlash
2021-05-11 11:51:29
Qozon shahridagi maktabda otishma ro‘y berdi — 11 kishi halok bo‘lgan

Tatariston poytaxtidagi 175-maktabda bo‘lgan otishmada 30dan oshiq kishi jarohatlangan. Halok bo'lganlarning asosiy qismi – maktabning 8-sinf o‘quvchilari.

Maktabga qurollangan 2 kishi bostirib kirgan va o‘qqa tutishni boshlagan. Ulardan biri shu maktabni tugatgan 19 yoshli o‘smir ekani aytilmoqda. U qo‘lga olingan, sherigi esa amaliyot payti yo‘q qilingan.

Hozir Qozonda aksilterror rejimi joriy etildi, hamma maktabda xavfsizlik kuchaytirilgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
67.2K views08:51
Ochish/sharhlash
2021-05-11 11:29:17
Namanganda kuchli do‘l yog‘di

Kecha, 10-may kuni Chortoq tumani shimoliy qismlari Poromon va Xazratishoh hududlarida kuchli do‘l yog‘gan.

Mutaxasislar do‘lning qishloq xo‘jaligiga keltirgan zararini o‘rganmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
69.8K views08:29
Ochish/sharhlash