Get Mystery Box with random crypto!

Paxtachi tumanida haydovchining mashinasi 'kattakon'larga sign | XPRESS

Paxtachi tumanida haydovchining mashinasi "kattakon"larga signal chalgani uchun jarima maydoniga qo‘yildi

8-may kuni "Damas" haydovchisi katta yo‘lga chiqishda mashinalar oqimi kamayishini kutib turganda yo‘lini IIB xizmat mashinasi to‘sib to‘xtagan. Haydovchi "yo‘l ber" ma’nosida signal chalgan va xizmat mashinasida bo‘lgan Paxtachi tuman IIB YHXB boshlig‘i Maqsud Tog‘ayevga bu yoqmagan.

U haydovchidan hujjatlarini so‘rab, so‘ng mashinasini jarima maydoniga joylashtirgan.

Video internetda tarqalib ketgach, Tog‘ayev ustidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Xpress.uz – Siz kutgan format