Get Mystery Box with random crypto!

AQSH prezidenti o‘tgan yili qancha daromad ko‘rganini e’lon qi | XPRESS

AQSH prezidenti o‘tgan yili qancha daromad ko‘rganini e’lon qildi

Jo Bayden va uning rafiqasi 2020-yilda $607,3 ming daromad ko‘rgan va $157,4 ming soliq to‘lagan. Uning daromadi 2019-yilda ko‘proq – $985,2 ming bo‘lgan. Asosan, nutqlar va universitet ma’ruzalaridan ko‘rilgan daromad karantin sababli kamaygan.

Prezidentlar daromadini ochiqlash an’ana bo‘lsa-da, Baydendan oldingi prezident Tramp buni rad etgandi. Bayden daromadini ochiqlab, an’anani tikladi. Uning prezidentlik maoshi – yiliga $400 ming.

Vitse-prezident Kamala Harris va uning turmush o‘rtog‘i Dug Emhof esa 2020-yilda $1,7 mln daromad ko‘rgan va $621 ming soliq to‘lagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format