Get Mystery Box with random crypto!

WAYU.KOREA

Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA W
Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA
Kanal manzili: @wayukorea
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 427
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi.
Tashkilotga va Koreyadagi O’zbekistonliklarga oid barcha e’lon va xabarlar shu yerdan ma’lum qilib boriladi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-06-30 15:20:41
124 views12:20
Ochish/sharhlash
2021-06-29 13:33:55
Seul Global Markazi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasibagi vakolatxonasi hamda Seul Global Markazi tomonidan 24-iyun kuni anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuvdan asosiy maqsad Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan O’zbekistonlik yosh vatandoshlarni qo’llab-quvvatlash va ikkala davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat. Seul Global Markazi rahbari Song Von Sob hamda O’zbekiston yoshllari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasibagi vakili Shahzod Turgunboyev kelgusi rejalar bo’yicha kelishib olib memorandum imzolanishi bilan rejalashtirilgan loyihalarni birgalikda tadbiq etishga kirishdilar.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi nomidan Elchi maslahatchisi Fazliddin Arziev faol ishtirok etdilar. 

Ta’kidlash joizki, ushbu anglashuv tashkilotning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasining rasmiy ilk anglashuv memorandumi hisoblanadi.
74 views10:33
Ochish/sharhlash
2021-06-21 15:05:54
205 views12:05
Ochish/sharhlash
2021-06-16 11:34:12
Yosh vatandoshlar bilan Dejon shahrida uchrashuv.

19-iyun kuni Dejon shahrida joylashgan “Chayhanauz” restoranida O'zekiston Respublikasi Elchixonasi va O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ishtirokida vatandoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tadi. Uchrashuv quyida keltirilgan mavzular bo’yicha tashkillashtirilmoqda.

-Yoshlar bilan amaliy ishlar olib borish
-O’YUAning Dejon shahridagi bo’limini tashkil etish
-Akademik qo’llab-quvvatlash
-Universitetni bitirib Koreyada ishlash bo’yicha seminar

COVID-19 pandemiyasi sababli uchrashuvda qatnashuvchilar soni cheklangan bo’lib faqatgina 20ta ishtirokchi qabul qilinadi. Tashrif buyuruvchilardan ro’yhatdan o’tishlarini so’rab qolamiz. Afsuski, ro’yhatdan o’tmaganlar uchrashuvga kirgizilmaydi.

Sana: 19-iyun
Vaqt: 14:00
Manzil: Dejon shahri, Chayhanauz restorani
대전광역시 동구 성동로7번길 12-11

Ro'yhatdan o'tish uchun:
https://forms.gle/33ZaL3EZZdnNrzud9
221 views08:34
Ochish/sharhlash
2021-06-14 16:01:59 Korea Foundation hamda Yevrosiyo yoshlar akademiyasi O’rta Osiyo va Janubiy Koreya yoshlari bilan hamkorlikda “Yevrosiyo 2021 biznes – g’oyalar dasturi”ni e’lon qiladi!
 
Ushbu dasturda Janubiy Koreya hududida 6 oy va undan ko’proq vaqt davomida istiqomat qilayotgan yoshlar hamda Koreyada o’z biznesini boshlashni rejalashtirayotgan O’rta Osiyo mamlakatlari fuqarolari o’z biznes g’oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin (34 yoshgacha).
 
Eng innovatsion g’oyalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-o’rin: 6 million von;
2-o’rin 4 million von;
3-o’rin: 2 million von.
 
Ro’yxatdan o’tish muddati 26-maydan 26-iyunga qadar davom etadi.
 
Ro’yxatdan o’tish uchun quyida berilgan formani yuklab olib to’ldirilgan holda ushbu hujjatni pochta yoki Kakao ijtimoiy tarmoqlar orqali jo’natishingiz kerak bo’ladi:

E-mail: eurasia@hri.co.kr /
Kakao ID: @유라시아청년아카데미

Website: www.centralasia-korea.org, www.kf.or.kr, www.central.hri.co.kr
 
Batafsil ma’lumot uchun @유라시아청년아카데미 Kakao kanaliga yoki 02-2072-6374 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
227 viewsedited  13:01
Ochish/sharhlash
2021-06-02 09:38:16
O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi rasman birinchi o'zbek nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida ro'yxatdan o'tdi.

Shu munosabat bilan 31-may kuni Seongdo shahrida vakolatxonaning rasman faoliyat boshlashiga bag‘ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi xodimlari, Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi, Incheon shahar meriyasi, Seul global markazi vakillari hamda ushbu mamlakatda tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etdi.

Elchi Vitaliy Fen anjuman ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llab, Assotsiatsiyaning Janubiy Koreya Respublikasidagi vakolatxonasining rasman faoliyat boshlagani bilan qutladi. Incheon shahar meri Pak Nam Chun ham tadbirda onlayn ishtirok etib, ushbu vakolatxona faoliyati ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida doʻstlik aloqalarini rivojlantirishi haqida aytdi.

Tadbir O‘zbekiston va Janubiy Koreya yoshlari hamkorligida tayyorlangan madaniy dastur namoyishi bilan yakunlandi.
182 views06:38
Ochish/sharhlash
2021-05-30 15:03:22
Президент Шавкат Мирзиёев Сеул шаҳрида видеоанжуман шаклида ўтаётган “Яшил ўсиш ва глобал мақсадлар учун ҳамкорлик – 2030” иккинчи халқаро саммити ишида иштирок этди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида “яшил” тикланиш соҳасида мамлакатимизда амалга оширилаётган янгиланишларнинг муҳим йўналишларини қайд этди ҳамда бу борадаги халқаро ҳамкорликнинг истиқболлари юзасидан ўз нуқтаи назарини баён қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в работе второго Международного саммита «Партнерство ради зеленого роста и глобальных целей – 2030», проходящего в Сеуле в формате видеоконференции.
В своем выступлении глава нашего государства обозначил ключевые направления проводимых в Узбекистане преобразований и поделился видением перспектив международного взаимодействия в области «зеленого» восстановления.

#Mirziyoyev #sammit #P4G #yashiltiklanish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
181 views12:03
Ochish/sharhlash
2021-05-21 08:52:23
Koreyada tashkilotimiz rasman birinchi O’zbek nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida ro’yhatdan o’tmoqda.

O’tgan haftada O’zbekiston Respublikasi Elchixonasi va O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Incheon shahari meriyasi bilan tashkilotni Koreyada ro’yhatdan o’tkazish bo’yicha muvaffaqiyatli muzokara olib bordi.

Muloqotda O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasini nodavlat-notijorat tashkilot sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Inchon meriyasi vakillariga buning uchun zarur bo‘ladigan barcha kerakli hujjatlar taqdim qilindi.

Shu o’rinda ro’yhatdan o’tishda ko’rsatilayotgan qo’llab-quvvatlash uchun O’zbekiston Respublikasi Elchixonasi va Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirib o’tamiz.
159 viewsedited  05:52
Ochish/sharhlash
2021-05-17 15:09:45
Vatandoshlar diqqatiga.

2021-yil, 19-may kuni Seul shahrida joylashgan Isroil Davlati Elchixonasi oldida rejalashtirilayotgan norozilik namoyishi tashkil etish haqidagi keng tarqalayotgan ma'lumotlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Elchixonasi konsuli Haydar Fayzievning vatandoshlarga video murojati.
2.9K views12:09
Ochish/sharhlash
2021-05-16 12:32:01 Talabalar uchun foydali ma’lumotlar

15-may kuni bo’lib o’tgan “Koreyada O’zbek Talabalari” nomli vebinarimizda kelib tushgan ko’p sonli savollarga javob sifatida umumiy foydali ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Study in Korea

Koreyadagi universitetlar haqida batafsil ma’lumotlar, taklif etiladigan sohalar, o’qitiladigan darsliklar tili va shunga o’xshash kerakli ma’lumotlarni yetkazib beradigan portal.

Koreya Tajribasi

Koreyada ta’lim olib yutuqlarga erishgan va turli xil sohalarda faoliyat olib borayotgan vatandoshlar bilan qiziqarli intervyular.

O'zbekiston elchixonasi konsullik bo'limining telefon raqami: 02-574-6554

Vebinarni ko’rishga imkoniyati bo’lmaganlar uchun, yozib olingan versiyasi youtube kanalimizga yaqin vaqt oralig’ida qo’yiladi.
333 viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash