Get Mystery Box with random crypto!

Korea Foundation hamda Yevrosiyo yoshlar akademiyasi O’rta Osi | WAYU.KOREA

Korea Foundation hamda Yevrosiyo yoshlar akademiyasi O’rta Osiyo va Janubiy Koreya yoshlari bilan hamkorlikda “Yevrosiyo 2021 biznes – g’oyalar dasturi”ni e’lon qiladi!
 
Ushbu dasturda Janubiy Koreya hududida 6 oy va undan ko’proq vaqt davomida istiqomat qilayotgan yoshlar hamda Koreyada o’z biznesini boshlashni rejalashtirayotgan O’rta Osiyo mamlakatlari fuqarolari o’z biznes g’oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin (34 yoshgacha).
 
Eng innovatsion g’oyalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-o’rin: 6 million von;
2-o’rin 4 million von;
3-o’rin: 2 million von.
 
Ro’yxatdan o’tish muddati 26-maydan 26-iyunga qadar davom etadi.
 
Ro’yxatdan o’tish uchun quyida berilgan formani yuklab olib to’ldirilgan holda ushbu hujjatni pochta yoki Kakao ijtimoiy tarmoqlar orqali jo’natishingiz kerak bo’ladi:

E-mail: eurasia@hri.co.kr /
Kakao ID: @유라시아청년아카데미

Website: www.centralasia-korea.org, www.kf.or.kr, www.central.hri.co.kr
 
Batafsil ma’lumot uchun @유라시아청년아카데미 Kakao kanaliga yoki 02-2072-6374 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.