Get Mystery Box with random crypto!

Yosh vatandoshlar bilan Dejon shahrida uchrashuv. 19-iyun kun | WAYU.KOREA

Yosh vatandoshlar bilan Dejon shahrida uchrashuv.

19-iyun kuni Dejon shahrida joylashgan “Chayhanauz” restoranida O'zekiston Respublikasi Elchixonasi va O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ishtirokida vatandoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tadi. Uchrashuv quyida keltirilgan mavzular bo’yicha tashkillashtirilmoqda.

-Yoshlar bilan amaliy ishlar olib borish
-O’YUAning Dejon shahridagi bo’limini tashkil etish
-Akademik qo’llab-quvvatlash
-Universitetni bitirib Koreyada ishlash bo’yicha seminar

COVID-19 pandemiyasi sababli uchrashuvda qatnashuvchilar soni cheklangan bo’lib faqatgina 20ta ishtirokchi qabul qilinadi. Tashrif buyuruvchilardan ro’yhatdan o’tishlarini so’rab qolamiz. Afsuski, ro’yhatdan o’tmaganlar uchrashuvga kirgizilmaydi.

Sana: 19-iyun
Vaqt: 14:00
Manzil: Dejon shahri, Chayhanauz restorani
대전광역시 동구 성동로7번길 12-11

Ro'yhatdan o'tish uchun:
https://forms.gle/33ZaL3EZZdnNrzud9