Get Mystery Box with random crypto!

WAYU.KOREA

Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA W
Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA
Kanal manzili: @wayukorea
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 427
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi.
Tashkilotga va Koreyadagi O’zbekistonliklarga oid barcha e’lon va xabarlar shu yerdan ma’lum qilib boriladi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2021-04-17 09:13:58 Bugun soat 19:00 da sizlarni ochiq muloqotda kutib qolamiz.

Ta'lim, diplom nostrifikatsiyasi, migratsiya, konsullik departartamenti masalalari bo'yicha savollaringizni izohlarda qoldiring!

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va diplomatik vakolatxonalarining vakillari qatnashadi.

Ishtirok etuvchi davlatlar:
Koreya respublikasi, Yaponiya, Xitoy xalq respublikasi va Malayziya

ZOOM havolasi: https://us05web.zoom.us/j/83077066383?pwd=dHhvWE92c0VIQ1hobVJpRS8zQVdlQT09

YouTube'dagi rasmiy kanalimizda ham jonli efirda ishtirok etishingiz mumkin
1.4K views06:13
Ochish/sharhlash
2021-04-15 10:22:53
Vatandoshlar uchun bepul iftorlik

Muborak ramazon oyining kirib kelishi sababli mazkur bayramning birinchi juma sanasi (16-aprel) soat 19:00da Seul shahrining Dongdemun tumanida O’zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasi va “Pasha Kebab” oshxonasi vatandoshlarni iftorlikka taklif etib qoladi.

Iftorlik tashkilot tomonidan bepul taqdim qilinadi. Pandemiya holatini hisobga olgan holda mehmonlar soni cheklangan, tashrif buyurmoqchi bo’lgan vatandoshlar Instagram (@wayu.korea) sahifamiz orqali xabar qoldirishlarini so’rab qolamiz.

Manzil: 중구 장충단로 247 지하 2층

Dongdaemun History and Culture Park station, Global Town, B2

Mehmonlar sonini nazorat qilish uchun faqatgina ro'yhatdan o'tganlarni kelishlarini so'rab qolamiz.
482 viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2021-04-13 10:32:08 E-9 va H-2 viza egalarining Koreyada qolish muddati bir yilga cho’zildi.

Janubiy Koreyadagi kichik va o’rta biznesning qator sohalarida ishchilar yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida 115 mingga yaqin chet ellik mehnat muhojirlarining qolish muddatini bir yilga uzaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Mehnat va Adliya vazirliklarining ta'kidlashicha, E-9 (mehnat migrantlari) va H-2 (vaqtinchalik tashrif buyuruvchilar) viza egalarining Koreyada qolish muddati 13-apreldan 31-dekabrgacha amalda bo’lsa, unda viza muddatini yana 1 yilga cho’zish imkoniyati paydo bo’ldi.

E’tiborli tarafi 114,596ga yaqin chet elliklar ushbu o’zgarishdan foydalanishlari mumkin.
424 viewsedited  07:32
Ochish/sharhlash
2021-02-09 15:50:44
Alisher Navoiy g’azali Koreyalik ustoz nigohida.

Hankuk Chet Tillari Universiteti ilmiy tadqiqotchisi va lektori Yun Shin He (Yulduz) buyuk shoir va mutaffakir Alisher Navoiyning 580-yiligi munosabati bilan vatandoshlarni she’riy uslubda tabrikladi.
199 views12:50
Ochish/sharhlash
2021-02-03 14:25:17
O’zbekiston, Koreya va Jahon Savdo Tashkiloti.

Savdo sotiq masalalari bo’yicha yurtdoshlarimizni navbatdagi vebinarimizga taklif etamiz. Shu yilning 6-fevral kuni Seul vaqti bilan soat 18:30da Zoom ilovasi orqali “Erkin Savdo Shartnomalari O’zbekistonga nima beradi” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuvda bir nechta nufuzli jurnallarda Xalqaro Savdo va O’rta Osiyo Davlatlari rivojlanish taraqqiyoti to’g’risida nashrlarda maqolalar chop etgan va xozirgi kunda Inha Universitetda Xalqaro Savdo yo’nalishi bo’yicha Fanlar Doktori darajasida tadqiqot olib borayotgan va @XSB_iqtisod kanali asoschisi Valijon Turakulov ishtirok etadi. Ushbu uchrashuvda siz o’zingizni qiziqtirgan savollarni yo’llashingiz mumkin.

Mavzu: “Erkin Savdo Shartnomalar O’zbekistonga nima beradi”?

Taqdimotchi: Valijon Turakulov
Kuni: 6-fevral 2021 yil;
Vaqti: Toshkent vaqti: 14:30; Seul vaqti: 18:30
Platforma: Zoom ilovasi
Kod: 0000
Havola: https://us05web.zoom.us/j/6236952369?pwd=OW13OVIyMmlKN3puNUVPOUlCZjBCUT09
1.2K viewsedited  11:25
Ochish/sharhlash
2021-02-02 14:28:53
21-yanvar kuni kechqurun Inchon shahrida O’zbekiston Respublikasi fuqarosiga Koreya Respublikasi fuqarosi tomonidan yetkazilgan og’ir tan jarohat va shu holat yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur holat Koreya tergov xizmatlari va O’zbekiston Respublikasi elchixonasi tomonidan nazoratga olingan.

Hozirda gumonlanuvchi qo’lgan olingan va o’z joniga qasd qilib tanasiga og’ir jarohat yetkazganligi sababli ayni damda kasalxonaga yotkazilgan va uning o’z holiga kelishi bilan tervog ishlari boshlab yuboriladi.

Fuqaroimizni huquqini to’liq darajada himoya qilib gumonlanuvchiga Koreya Respublikasi qonunlarida qo’llaniladigan eng og’ir jazo berilishi so’raldi.

Og’ir pandemiya sharoitida fuqarolarimizdan guruh bo’lib yig’ilmasliklarini va norasmiy manbalarga ishonib Koreya qonunlariga zid bo’lgan harakatlarni amalga oshirmaslikni so’rab qolamiz.

Batafsil ma’lumot videoda keltirilgan.
374 viewsedited  11:28
Ochish/sharhlash
2021-02-02 10:34:49
Kyongido viloyatida yashaydigan fuqarolar uchun 2-marta Covid-19 yordam puli ajratish loyihasi boshlandi. Faqat chet elliklar 2-marta Covid-19 yordam pulini olishlari uchun ariza topshirish muddati 1-apreldan~30-aprelgacha onlayn yoki tashrif buyurib ariza qilishlari mumkin.
Onlayn ariza quyidagi havola orqali https://basicincome.gg.go.kr/ (chet elliklar uchun ushbu sayt 1-apreldan ishga tushiriladi)
Tashrif buyurib ariza topshirish qulay bo’lganlar uchun yashayotgan hududlariga qarashli 행정복지센터(Ma’muriy ijtimoiy-ta’minot markazi)ga hafta ish kunlari soat 9:00~18:00gacha murojaat qilsalar bo’ladi.
t.me/seul_global_markazi
204 views07:34
Ochish/sharhlash
2021-01-29 09:46:19
Koreya Respublikasiga viza berish jarayoni bugundan boshlab qayta tiklandi.

Viza tekshirish jarayoni 4 hafta bo'lsa TELEX viza muddati 2 hafta deb belgilandi.

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba va Juma soat 10:00 - 12:00

Viza berish kunlari: Chorshanba va Juma soat 15:00 - 17:00

*Batafsil ma'lumotni O'zbekistonda akkredititatsiyadan o'tgan sayyohik agentliklar orqali olish mumkin.
400 viewsedited  06:46
Ochish/sharhlash
2021-01-29 08:29:45
O‘zbekiston va Koreya Prezidentlarining sammiti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu sammitni o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvga davlat rahbarlarining o‘tgan yil oktabr oyidagi muloqotlari davomida erishilgan edi.

Qayd etish kerakki bu Koreya Respublikasining tarixida mazkur formatdagi birinchi sammiti hisoblanadi.
333 viewsedited  05:29
Ochish/sharhlash
2021-01-28 08:15:00
Yangi semestrga o’qishga kelmoqchi bo’lgan talabalar diqqatiga!

Koreya Respublikasi Ta’lim Vazirligining axborot berishicha Koreyaga yangi semestrga ta’lim olish uchun kelmoqchi bo’lgan chet-ellik talabalar COVID-19 uchun jami 3ta alohida PCR testlari topshirishi kerak bo’ladi.

Yangi tartibga ko’ra PCR testlar quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Reysga chiqmasdan 72 soat oldin topshirilgan manfiy (negative) PCR test natijasi Incheon Xalqaro Aeroportida taqdim etiladi

2. Koreyaga kelgandan 1 kun o’tib yana bir bor PCR test topshiriladi


3. So’nggi test 14-kunlik karantin tamomlanishi bilan topshiriladi


Karantin zonalari universitetlar zimmalariga yuklatilinib talabalarni karantinga joylash uchun alohida xonalar tashkil etiladi va talabalarning salomatligi har kuni 2 marotaba o’lchab boriladi.

Mazkur jarayon qay tartibda olish borilishi bo’yicha talabalar o’zlarining tegishli universtitetlari bilan bog’lanishini so’rab qolamiz.
460 viewsedited  05:15
Ochish/sharhlash