Get Mystery Box with random crypto!

WAYU.KOREA

Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA W
Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA
Kanal manzili: @wayukorea
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 427
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi.
Tashkilotga va Koreyadagi O’zbekistonliklarga oid barcha e’lon va xabarlar shu yerdan ma’lum qilib boriladi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-10-21 15:20:51
Hurmatli Vatandoshlar!

Xabaringiz bor 24 Oktabr yurtimizda juda ham muhim siyosiy kun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni. Shu munosabat bilan Koreya Respublikasida istiqomaq qilayotgan barcha vatandoshlarimizni saylovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Saylov 24-Oktabr 8:00dan 20:00 gacha Seul shahridagi O’zbekiston Respublikasi Elchixonasi va Gwangju shahridagi Tashqi Mehnat Migratsiyasi Agentligi xududida bo’lib o’tadi. Saylovga tashrif buyurgan vatandoshlar uchun ovoz berish xududida tashkil etiladigan o'zbek milliy taomi - osh va bir piyola choyga taklif etamiz.

Barchangizni ushbu muhim kunda birgalikda mazmunli vaqt o’tkazishga chorlab qolamiz.
912 viewsedited  12:20
Ochish/sharhlash
2021-10-13 13:28:35
475 views10:28
Ochish/sharhlash
2021-10-13 13:28:30
450 views10:28
Ochish/sharhlash
2021-09-03 15:26:04 DIQQAT TANLOV!

O'zbek tilini dunyoda keng targ'ib qilishda ishtirok eting!

Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan hurmatli o'zbekistonlik talabalar, aziz yoshlar!

O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-e’tiborini tubdan oshirish, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida yurtimizda talay ishlar amalga oshirilmoqda.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsa, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsa, bunga amin bo'ladi.

Yurtimizda o'zbek tilini ulug'lash va madh etish maqsadida ushbu mavzuga bag'ishlangan turli chellenjlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Sizlarni ham ushbu jarayonda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Davlat tilini ulug'lash va madh etishga yo'naltirilgan she’rlar, matnlar, g'azallarni ifodali o'qib, olingan videoroliklarni wayu.korea@gmail.com elektron pochtasiga 31-sentabrgacha yuborishingizni so’rab qolamiz.

Yil davomida faol ishtirok etgan vatandoshlarimiz 21 oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni tantanalarida qimmatbaho sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Ushbu tadbirda faol ishtirok etaylik va tilimizni jahon miqyosida keng quloch yoyilishida o'z hissamizni qo'shaylik.
272 viewsedited  12:26
Ochish/sharhlash
2021-09-03 11:28:49
Koreyadagi talaba va mehnat migrantlari uchun Koreys tili kurslarini e’lon qilamiz.

Hozirda Koreya Respublikasida ta’lim olayotgan (D2-D4) va mehnat faoliyatini olib borayotgan (E8-E9) vatandoshlarimiz uchun tashkilotimiz tomonidan Koreys tili kurslari yo’lga qo’yilayotganini e’lon qilamiz.

Darslar haqida quyida batafsil o’qishingiz mumkin:

Darslar soni: haftasiga 2 marotaba
Dars soatlari: har bir dars 1.5 soat davom etadi
Daraja: boshlang’ich va o’rta
Oflayn format: Dejon shahridagilar uchun
Onlayn format: Dejondan boshqa shaharlarda istiqomat qiladiganlar uchun
To’lov: 1-2 darslar bepul so’ngra har oy uchun 20,000 von

Ro’yhatdan o'tish jarayoni 10-sentabrgacha davom etadi.

Darslar hozirda Janubiy Koreyaning Daejeon shahridagi “Wosoong Universitetida” ta’lim olayotgan Ozoda Temirova tomonidan olib boriladi. Ozoda hozirda TOPIK testidan 5 darajaga ega.

Ro’yhatdan o’tish uchun havola:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfZc0M9QTTeYtnk0xWU3CJmLibPE3w6EDSay5OjXmsdMSjXVA/viewform?usp=pp_url
1.5K viewsedited  08:28
Ochish/sharhlash
2021-09-02 12:19:15
Tashkilotimizning Dejon shahridagi bo’limida yoshlarimiz mustaqillik bayrami uchun o’zgacha usulda vatandoshlarga va xalqimizga tabrik yo’llashdi.

Mazkur videoni amalga oshishida katta ro’l oynagan tashabbuskor yoshlarimiz Javohir Samijonov, Oybek Umarov, Mohichehra Rahmatullayeva, G’olib To’xtavulov, Ozoda Temurova, Shohruh Raxmonov, Ismoil Abduraimov, Yodgor Irxanov, Nodirbek Baymuratov, Surrayo G’ayratovna va Lazizbekka tashakkur aytib qolamiz.
249 views09:19
Ochish/sharhlash
2021-08-31 14:01:26
Mustaqilligimizning 30 yilligi barchamizga muborak bo’lsin!

Shu kunlarda Yangi Oʼzbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining oʼttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Bu ayyom xalqimizning hur va ozod yashashi, baxtli hayoti, farovon turmushiga asos boʼluvchi eng muhim kun sifatida tarix zarvaraqlariga bitilgan.

Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy boʼlsin!
713 views11:01
Ochish/sharhlash
2021-08-27 10:29:51
Endilikda universitetdagi "baholar haqida ma’lumotnoma, diplom" kabi hujjatlarni mobil elektron hujjat sifatida yuklab olish mumkin bo’ladi.
Quyidagi veb-saytlar orqali
1)www.webminwon.com
2)www.certpia.com
※Koreyadagi 340 ta universitetlar yuqoridagi saytlar bilan universitetdagi hujjatlarni elektron tarzda yuklab olish to’g’risida hamkorlik kelishuvini o’rnatdi.
@seul_global_markazi
02-2075-4143
434 views07:29
Ochish/sharhlash
2021-08-23 08:41:58
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti xorijliklar va chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish maqsadida “O‘zbek tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishida masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum qiladi.

Qabul haqidagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin:

https://navoiy-uni.uz/uz/international-students
527 views05:41
Ochish/sharhlash
2021-08-23 08:25:57
Grant sohibiga aylangan 3 talabamizni tabriklaymiz.

Avval xabar berib o’tganimizdek, Woojung Education and Culture Foundation, O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi va O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi Janubiy Koreyada bakalavr bosqichida ta'lim olayotgan yoshlar uchun birinchi bor grant dasturini e’lon qilgan edi.

Quyida grantni qo’lgan kiritgan (har semestr uchun 4,000,000 von) talabalarimiz haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz:

1. Berdiyorov Jahongir - Dongeo Universiteti “Xalqaro Biznes Boshqaruvi” fakulteti talabasi.

2. Axunboboeva Azimaxon - Sungkyunkvan Universiteti “Gumanitar Fanlar” fakulteti talabasi

3. Gaffarova Gulirano - Chonnam Milliy Universiteti “Biologiya fanlari va texnologiyasi” fakulteti talabasi


Mazkur talabalarimiz berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda asosiy e’tiborlarini ta’limga qaratib kelajakda o’z kasblari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlariga umid qilib qolamiz.
878 views05:25
Ochish/sharhlash