Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Kor | WAYU.KOREA

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi rasman birinchi o'zbek nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida ro'yxatdan o'tdi.

Shu munosabat bilan 31-may kuni Seongdo shahrida vakolatxonaning rasman faoliyat boshlashiga bag‘ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi xodimlari, Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi, Incheon shahar meriyasi, Seul global markazi vakillari hamda ushbu mamlakatda tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etdi.

Elchi Vitaliy Fen anjuman ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llab, Assotsiatsiyaning Janubiy Koreya Respublikasidagi vakolatxonasining rasman faoliyat boshlagani bilan qutladi. Incheon shahar meri Pak Nam Chun ham tadbirda onlayn ishtirok etib, ushbu vakolatxona faoliyati ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida doʻstlik aloqalarini rivojlantirishi haqida aytdi.

Tadbir O‘zbekiston va Janubiy Koreya yoshlari hamkorligida tayyorlangan madaniy dastur namoyishi bilan yakunlandi.