Get Mystery Box with random crypto!

WAYU.KOREA

Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA W
Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA
Kanal manzili: @wayukorea
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 427
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi.
Tashkilotga va Koreyadagi O’zbekistonliklarga oid barcha e’lon va xabarlar shu yerdan ma’lum qilib boriladi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2021-01-28 04:58:27 Xush habar.

Kechadan boshlab (27-yanvar, 2021-yil) O'zbekiston Koreya hukumati tomonidan COVID19 profilaktikasi kuchaygan mamlakatlar ro'yxatidan chiqarildi.

Shu sababdan Koreyadan O'zbekistonga jo'nab ketib Koreyaga qayta kirmoqchi bo’lgan shaxslar qayta kirish huquqini (re-entry permit) olish uchun onlayn ravishda hikorea.go.kr
saytiga murojaat qilishlari mumkin.

Manba: https://t.me/rus_1345
564 viewsedited  01:58
Ochish/sharhlash
2021-01-25 12:03:33
Koreya Tajribasi 8-soni anonsi.

Va’da qilganimizdek barcha savollar vatandoshlardan qabul qilinib olib O’zbekiston Respublikasi elchixonasiga yetkazilindi.

To’liq soni yaqin orada efir yuzini ko’radi.

Bu sonda qattiq ter to’kkan ijodiy guruh, boshlovchi, ssenariy yozuvchilari va Hanpass kompaniyasiga minnatdorchilik izhor etib qolamiz.
420 views09:03
Ochish/sharhlash
2021-01-25 04:59:01
357 views01:59
Ochish/sharhlash
2021-01-25 04:58:19
23-yanvar kuni xabar berganimizdek “Koreyada IT sohasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn-konferensiya tashkil etildi.

Anjumanda Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari, O‘zbekiston va Janubiy Koreyada ushbu mavzuga qiziqish bildirgan vatandoshlar qatnashdi.

Uchrashuv juda ochiq va erkin darajada bo’lib o’tib, vatandoshlardan tomonidan yo’llangan barcha savollarga tegishli idora/tashkilotlar tomonidan javob berildi.
351 views01:58
Ochish/sharhlash
2021-01-23 12:07:32 “Koreyada IT va uni O’zbekistonda qo’llash” bo’yicha onlayn muloqotimiz boshlandi. Quyidagi link orqali bog’lanishingiz mumkin!

https://us05web.zoom.us/j/3907687949?pwd=Uk1lV280M21NZXFURGlML0ViR2M5QT09
440 viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2021-01-21 14:19:44
Joriy yilning 23-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da Zoom dasturi orqali "Koreyada IT sohasib va uni O'zbekistonda qo'llash" mavzusida onlayn uchrashuv bo'lib o'tadi. Uchrashuvni O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi bilan hamkorlikda olib bormoqda.

Onlayn uchrashuvda Koreyaning nufuzli KAIST (bakalavr va magistr bosqichlari) dargohida ta’lim olgan va so’ngra “Samsung Electronics”da 4 yil faoliyat yuritib hozirda “Datastreams” kompaniyasida ishlab kelayotgan hamyurtimiz Xurshidjon Xudoyberdiev spiker bo’ladi.

Koreyada ta’lim olmochi/olayotgan va yakunlash arafasida turgan yoshlarimiz uchun mazkur insonning bosib o’tgan yo’llari va umuman IT sohasidagi takliflari/tajribasi bilan bo’lishish uchun sizlarni zoom ilovasi orqali bo’lib o’tadigan konferensiyaga taklif qilib qolamiz.

Qo’shilish uchun:
https://us05web.zoom.us/j/3907687949?pwd=Uk1lV280M21NZXFURGlML0ViR2M5QT09

Konferensiya raqami: 390 768 7949
Parol: 0000
787 viewsedited  11:19
Ochish/sharhlash
2021-01-16 12:38:32
Bugun tashkilotimiz tashabbusi bilan “Koreya Tajribasi” loyihasi asosida O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasiga tashrif buyurib vatandoshlarimizdan onlayn qabul qilinib olgan va anchadan beri ularni o’ylantirib/qiynab kelayotgan savollar bo’yicha Konsulimiz Haydaraka Fayziev bilan suhbat uyushtirdik. Mazkur suhbatda barcha xizmatlar va muammolar haqida ochiqcha so’z yuritildi. Quyidagi mavzular bo’yicha suhbat olib borildi:

-Horijga chiqish pasportini olish (aniq to’lovi)
-Vaqtinchalik konsullik ro’yhatiga turish
-Haydovchilik guvohnomasini olish
-Doimiy aviareyslar qatnovi
-Vafot etgan fuqarolarni vatanga jo’natish
-Yangi tug’ilgan chaqaloqqa pasport olish
-Elchixonani vakolatiga kiradigan va kirmaydigan vazifalar
-Boshqalar


Bu sonda qo’ldan kelgancha vatandoshlarni savollariga yetarlicha javob olishga va muammolarga obiektiv javob topishga harakat qildik.

Shuningdek, bu galgi loyihamiz rus tilida ham ommaga taqdim etiladi.
455 viewsedited  09:38
Ochish/sharhlash
2021-01-12 14:57:50 Hurmatli yo‘lovchilar!

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Toshkent - Seul (Incheon aeroporti) yo‘nalishi bo‘yicha Koreyaga kirish uchun amaldagi ruxsatnomaga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolarini tashish imkoniyati mavjud bo‘lgan navbatdagi qatnovlar sanasi tasdiqlanganligini mamnuniyat bilan e’lon qiladi!

Batafsilroq:
https://www.uzairways.com/uz/press-center/news/toshkent-seul-toshkent-yonalishi-boyicha-qatnovlar-bajarilishi

———

Уважаемые Пассажиры!

АО «Uzbekistan Airways» рады сообщить, что утверждены даты очередных рейсов по маршруту Ташкент – Сеул (аэропорт Incheon) с возможностью перевозки иностранных граждан, включая граждан Узбекистана, имеющих действующее разрешение на въезд в Корею!

Подробнее:
https://www.uzairways.com/ru/press-center/news/vypolnenie-reysov-po-marshrutu-tashkent-seul-tashkent
455 views11:57
Ochish/sharhlash
2021-01-11 08:49:58
So’nggi paytlarda vatandoshlar orasida O’zbekiston Elchixonasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi tomon konsullik xizmatlari va shunday turkumdagi ko’plab mavzularga aniqlik kiritilishi bo’yicha savollar paydo bo’lmoqda. Shu sababli, “Koreya Tajribasi” loyihasining 8-sonini Elchixona Bosh konsuli va diplomatlari bilan suhbat qilishga bag’ishlanadi. Quyida keltirilgan mavzular bo’yicha ma’lumotlarni vatandoshlarga yetkazishga kelishib olindi.

• Konsullik ishlari;
• Vatandoshlar muammolari;
• Koreya- O’zbekiston iqtisodiy va siyosiy a’loqalari;

Shuni alohida ta’kidlab o’tmoqchimizki, vatandoshlar orasidan ham savollar qabul qilib intervyu davomida ularni tegishli hodimlarga yetkazamiz. Agar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan sizni ham qiziqtiradigan savollar bo’lsa, bizga elektron pochtamiz wayu.korea@gmail.com yoki Instagram sahifamiz orqali yo’llashingizni so’rab qo’lamiz!

*Savollarni spekulatsiyadan holi tarzda faktlarga asoslangan, obiektiv tarzda berishingizlarni so’rab qolamiz.
516 viewsedited  05:49
Ochish/sharhlash
2020-12-21 11:23:20 Kelayotgan chorshanba kunidan boshlab Seul va qo’shni shaharlarda 5 kishidan ortiq holda yig’ilishlar ma’n etiladi.

Seul rasmiylari shu yilning 23-dekabridan boshlab to 2021-yilning 3-yanvarigacha Seul shahri, Gyeonggi provintsiyasi va Inchon shaharlarida COVID-19 tarqalishini oldini olish uchun 5 kishidan ortiq yig’ilishlar ma’n etilishini e’lon qildi.

Shu bilan bir qatorda, vatandoshlarimizdan yangi yil va yangi yil oldi bayramlarida ommaviy bazm/yig’ilishlar (5 kishidan ortiq) tashkil etmasliklarini hamda qatnashmasliklarini iltimos qilib qolamiz.
602 viewsedited  08:23
Ochish/sharhlash