Get Mystery Box with random crypto!

WAYU.KOREA

Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA W
Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA
Kanal manzili: @wayukorea
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 427
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi.
Tashkilotga va Koreyadagi O’zbekistonliklarga oid barcha e’lon va xabarlar shu yerdan ma’lum qilib boriladi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2021-05-15 10:50:00 Hurmatli vatandoshlar

Sejong Universiteti doktoranti Otabek Juraev bilan konferensiyamiz 10 daqiqada boshlanadi.

Kirish uchun quyidagi havolaga bosing:

https://us05web.zoom.us/j/84757052546?pwd=UmVQcHl0RmpNMHhVYWVmTUVOTXhsdz09
57 views07:50
Ochish/sharhlash
2021-05-13 15:00:32
“Koreyada O’zbek Talabalari” mavzusi ostida 15-may, shanba kuni Sejong Universiteti doktoranti Otabek Juraev bilan onlayn seminar bo’lib o’tadi.

Quyida seminarning mavzular keltirilgan:

1. Viza muammolari
2. Universitetda duch keladigan kutilmagan hodisalar
3. Yangi kelgan talabalar uchun kerakli ma’lumotlar
4. Talabalarning bo’sh vaqtlarida ishlashi

Seminar uchun havola: https://us05web.zoom.us/j/84757052546?pwd=UmVQcHl0RmpNMHhVYWVmTUVOTXhsdz09

Sana: May 15, 2021. 17:00 Seul vaqti
Identifikator: 847 5705 2546
Parol: 0000

Seminar davomida jonli savol-javob qismi ham bo’lib o’tadi.
81 viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2021-05-01 10:33:46 Koreyada karantin choralari yana uzaytirildi.

Amaldagi ijtimoiy masofa saqlash qoidalari may oyida bo’lib o’tadigan bayramlar sabab yana 3 haftaga uzaytirildi.

Hozirda Seul va uning atrofidagi mintaqalarda 2-daraja, mamlakatning boshqa hududlarida esa 1.5-daraja amalda bo’lib qolmoqda. Oshxona va jamoat joylarida 5 kishidan ortiq kishi yigʻilishiga ta’qiq oldingidek saqlanib qolishi ta’kidlandi.

Vatandoshlarimizdan karantin qoidalariga amal qilib yurishlarini soʻrab qoʻlamiz.
241 viewsedited  07:33
Ochish/sharhlash
2021-04-29 08:58:37 O’zbekistonliklar Koreyada xalqaro talabalar soni bo’yicha 3-o’rinda!

Koreya Immigratsiya Xizmati tarqatgan xabarlarga qaraganda O’zbekistonlik talabalar son bo’yicha xalqaro talabalar orasida 3-o’rinni egalladi.

So’nggi statistikaga e'tibor bersak hozirda Koreyada 158,293 xalqaro talaba tahsil olmoqda.

Quyida davlatlar kesimida TOP 5 ro’yhatni ko’rishingiz mumkin:

1. Vetnam (37.6%)
2. Xitoy(32.1%)
3. O’zbekiston (5.7%)
4. Mog'uliston (5.1%)
5. Yaponiya (1.7%)

Manba: Korea Herald
296 viewsedited  05:58
Ochish/sharhlash
2021-04-28 11:21:38 Majburiy karantin be'kor qilinmoqda!

Vaktsina bilan emlanish jarayonini tezlashtirish maqsadida Janubiy Koreyaning sog'liqni saqlash idoralari to'liq emlanganlarni 5 maydan boshlab majburiy 14 kunlik karantindan ozod qilinishini ma`lum qildi.

Biroq, rasmiylar, bunday emlanganlar hali ham 14 kun davomida nazorat ostida bo'lishlarini va ushbu davrda ikkita COVID-19 testini o'tkazishni talab qilishlari to’g’risida ma’lumot berdi.

Yangi qoidalar so'nggi emlashdan keyin ikki hafta o'tgach to'liq emlanganlarga nisbatan qo'llaniladi.

Hozirda Janubiy Koreya Pfizer va AstraZeneca kompaniyalarida (ikkita doza) ishlab chiqarilgan vaktsinalar bilan emlashmoqda. Johnson & Johnson kompaniyasining vaktsinalari ma’qullangan ammo Moderna va Novavax mahsulotlarini Janubiy Koreyaning Giyohvand moddalar xavfsizligi agentligi tomonidan hali ham tasdiqlanmagan.

Janubiy Koreyada tasdiqlanmagan Rossiyaning Sputnik V va Xitoyning Sinopharm kabi vaktsinalari bilan emlanganlar uchun ushbu qoida amal qilmaydi.

Janubiy Koreya fevral oyining oxiridan shu kunga qadar 2,6 millionga yaqin odamni (52 mln aholisining 5%ni) COVID-19 vaktsinalari bilan bitta dozada emlashga muvaffaq bo’ldi.
1.3K viewsedited  08:21
Ochish/sharhlash
2021-04-28 10:46:43 Janubiy Koreya va O’zbekiston o’rtasida Erkin savdo shartnomasi tuzilishi bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Joriy yilning 26-aprel kuni Janubiy Koreya va O'zbekiston tomonidan Erkin savdo shartnomasini (ESSH) tuzish bo'yicha onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Shuningdek, 28-yanvar kuni videokonferensiya formatida bo'lib o'tgan sammit davomida O’zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari tomonidan ikki tomonlama Erkin savdo shartnomasini (ESSH) tayyorlash ishlari boshlanganligi e'lon qilindi.

Muzokaralarning birinchi qismi 2 kun davom etadi. Ushbu muzokaralar Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligining Erkin savdo shartnomalari boshqarmasi boshlig'i Yan Gi Uk va O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazir o’rinbosari B.Abidov boshchiligida amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadbir boshlanishidan avval ma'lumotlar almashinuvi bo’lib o’tdi va shartnomaning amalga oshirish tartibi to’g’risida kelishib olindi.

Muzokaralar davomida savdo to'siqlari, mahsulot ishlab chiqarilgan joyning nomlanishi, bojxona jarayonini yengillashtirish, erkin savdo sharoitini yaratish va ushbu jarayonning butun tafsilotlarini o’rganib chiqib muhokama qilish kabi masalalar kiritildi.
Ushbu bitim Janubiy Koreyaning savdoni liberallashtirish uchun “Seulning Yangi Shimoliy siyosati” bo’yicha hamkor-mamlakat bilan birinchi bitimidir.

Manba: KBS
275 viewsedited  07:46
Ochish/sharhlash
2021-04-27 13:45:16
Seulda (Koreyada) istiqomat qilish davomida ushbu telefon raqamlarni o’zingiz uchun saqlab qoldirsangiz, kerakli vaqtda foydalanish oson bo’ladi.
@seul_global_markazi
183 views10:45
Ochish/sharhlash
2021-04-26 05:44:28 Ajoyib Seul!
Uzbekistan Airways Toshkent - Seul - Toshkent yo'nalishi bo'yicha ikkinchi qatnov yo'lga qo'yilganligi haqida e'lon qiladi! Ikkinchi muntazam qatnov 9-maydan kiritiladi!

Muntazam qatnovlar haftasiga ikki martadan amalga oshiriladi:
Toshkent - Seul: yakshanba va payshanba kunlari
Seul - Toshkent: dushanba va juma kunlari

Toshkent - Seul, narxi: 4 435 000 so'mdan boshlanadi
Toshkent - Seul - Toshkent, narxi: 7 537 000 so'mdan boshlanadi

Uzbekistan Airways bilan sayohat qiling va biznesingizni yuriting!
Batafsil ma'lumot saytda: www.uzairways.com

Завораживающий Сеул!
Uzbekistan Airways объявляет о введении второй частоты по маршруту Ташкент - Сеул - Ташкент! Второй регулярный рейс вводится с 9 мая!

Регулярные рейсы выполняются два раза в неделю:
Ташкент - Сеул: по воскресеньям и четвергам
Сеул - Ташкент: по понедельникам и пятницам

Ташкент - Сеул, стоимость: от 4 435 000 сум
Ташкент - Сеул - Ташкент, стоимость: от 7 537 000 сум

Путешествуйте и стройте бизнес вместе с Uzbekistan Airways!
Подробности на сайте: www.uzairways.com
273 views02:44
Ochish/sharhlash
2021-04-21 06:31:31 Janubiy Koreyadagi vatandoshlarni ishga kirishi va startup g’oyalariga investitsiya topishi uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etamiz.

Ma’lumki, Janubiy Koreya OTMlarini tamomlagandan so'ng Koreyada ishlash imkoniyatini qo’lga kiritish odatda og'riqli jarayon hisoblanadi. Aynan ushbu jarayonning murakkabligi sababli ko’plab chet-ellik va O’zbekistonlik iste’dodli yoshlar o’z yurtiga qaytib ketishmoqda.

O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Ispaniyaning Mondragon Team Academy, Koreyaning D-camp va Front 1 NNTlari hamda Sungkyunkwan University (SKKU) bilan hamkorlikda ish topish jarayonni yengillashtirish maqsadida “Global Futurizer” loyihasini yo’lga qo’ydi. Ushbu loyiha davomida Koreyada joylashgan bir necha tashkilotlarni Koreyada taxsil olayotgan xalqaro talabalar bilan bog’lab ular bilan birgalikda hozirgi kundagi do’lzarb muammolar ustida ish olib borish ko’zda tutilgan. Loyiha ingliz tilida bo’lib o’tadi.

Ishtirokchilarga tashkilotlar tomonidan topshiriqlar beriladi va tashkilotlar belgilangan muammoning yechimini topish uchun yoshlarimizga bir oy muddat beradi. Muammoga tez va samarali yechim topgan jamoa albatta rag’batlantiriladi. Rag’bat qanday bo’ladi deysizmi? O'z g'oyangizga sarmoya kiritishdan, sizni ushbu tashkilotlar biriga ishga olishga qadar bo’lishi ham mumkin. Bundan tashqari, dastur tomonidan g'oliblarga beriladigan turli xil mukofotlar va ishtirok etganligingiz to’g’risida sertifikatlar ham taqdim etiladi.

Ushbu loyihaga O’zbekistonlik talabalar uchun nafaqat alohida kvota ajratilgan, balki bizning tashkilot orqali 70% (KRW 130,000 -> KRW 40,000) chegirma ham taqdim etiladi. Tadbirda ishtirok etish uchun asosan bakalavr darajasidagi 3-4 bosqich hamda magistratura darajasida ta’lim olayotgan talaba bo’lsangiz bo’ldi. Ro’yxatdan o’tayotganingizda “How did you know about Global futurizer? ” degan savoliga WAYU tashkilotini tanlasangiz 70% chegirma taqdim etiladi.

Ro’yxatdan o’tish uchun oxirgi kun:
Aprel 27

Ro’yxatdan o’tish uchun: https://www.saecompany.org/global-futurizer/

Loyiha haqida seminar 22-aprel kuni soat 14:45da quyidagi havola orqali bo’lib o’tadi:
https://calendly.com/saecompany/q-a-global-futurizer

Loyiha muddati: Aprel 29 - May 27

Loyiha joyi (onlayn/oflayn):

1.5K viewsedited  03:31
Ochish/sharhlash
2021-04-20 14:32:17 Bugun, 20 Aprel sanasiga kelib, Koreya Respublikasida koronavirus 549 kishida aniqlangan.

Bulardan 529 nafari, Koreyada istiqomat qilayotganlar bo’lsa, qolgan 20 nafari chet eldan kirib kelganlardir. Shu kunga qadar Koreya Respublikasi koronavirus bilan kasallanganlar umumiy soni 105,277 kishini tashkil etadi.

Xurmatli do’stlar koronavirusdan saqlanish maqsadida, doimo gigiyena qoidalariga rioya etishingizni so’rab qolamiz.
346 viewsedited  11:32
Ochish/sharhlash