Get Mystery Box with random crypto!

Koreyada tashkilotimiz rasman birinchi O’zbek nodavlat-notijor | WAYU.KOREA

Koreyada tashkilotimiz rasman birinchi O’zbek nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida ro’yhatdan o’tmoqda.

O’tgan haftada O’zbekiston Respublikasi Elchixonasi va O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Incheon shahari meriyasi bilan tashkilotni Koreyada ro’yhatdan o’tkazish bo’yicha muvaffaqiyatli muzokara olib bordi.

Muloqotda O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasini nodavlat-notijorat tashkilot sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Inchon meriyasi vakillariga buning uchun zarur bo‘ladigan barcha kerakli hujjatlar taqdim qilindi.

Shu o’rinda ro’yhatdan o’tishda ko’rsatilayotgan qo’llab-quvvatlash uchun O’zbekiston Respublikasi Elchixonasi va Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirib o’tamiz.