Get Mystery Box with random crypto!

Seul Global Markazi bilan anglashuv memorandumi imzolandi. O | WAYU.KOREA

Seul Global Markazi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasibagi vakolatxonasi hamda Seul Global Markazi tomonidan 24-iyun kuni anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuvdan asosiy maqsad Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan O’zbekistonlik yosh vatandoshlarni qo’llab-quvvatlash va ikkala davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat. Seul Global Markazi rahbari Song Von Sob hamda O’zbekiston yoshllari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasibagi vakili Shahzod Turgunboyev kelgusi rejalar bo’yicha kelishib olib memorandum imzolanishi bilan rejalashtirilgan loyihalarni birgalikda tadbiq etishga kirishdilar.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi nomidan Elchi maslahatchisi Fazliddin Arziev faol ishtirok etdilar. 

Ta’kidlash joizki, ushbu anglashuv tashkilotning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasining rasmiy ilk anglashuv memorandumi hisoblanadi.