Get Mystery Box with random crypto!

​​Kasalxonaga tushganlarning necha foizi COVIDga qarshi vaksin | Uzbekonomics

​​Kasalxonaga tushganlarning necha foizi COVIDga qarshi vaksina olgan va necha foizi olmagan degan statistika foydasizligi va nima uchun kasalxonaga tushganlarning 100 foizi emlanganlar orasidan chiqishi normal ekanligi haqida.

Ko'proq odamlar emlangani sari kasalxonaga yotayotgan umumiy insonlarning soni kamayadi, ammo kasalxonadagi emlangan bemorlarning kasalxonadagi barcha (emlangan+emlanmagan) bemorlarning foizida ko'payadi. Bundan vaksinalar demak ishlamayotgan ekan, foydasi yo’q ekan, baribir kasalxonaga tushilar ekan, shuning uchun vaksina olmayman degan xulosaga kelinadi. Bu noto’g’ri, chunki bu ko’proq emlangan odamlar kasalxonada ko’payotganidan emas, balki jamiyatda emlangan insonlarnining ko’payishi va kamroq umumiy kasalxonaga yotqizilganlar bilan tushuntiriladi.

Boshqacha qilib aytganda, aholining 100% emlangan bo’lsa - kasalxonaga umumiy yotqizishlar ancha kamroq bo'ladi, ammo o’sha kasalxonaga yotqizilganlarning 100% emlangan odamlar orasidan chiqadi (eslataman, vaksina olindi degani, kasallik yuqmaydi degani emas). Shuning uchun kasalxonada yotgan necha foiz bemorlar vaksina olgan va necha foizi olmagan degan statistika bizga deyarli hech narsani anglatmaydi, aksincha chalg’itadi. O’sha foizlar bizga vaksinalarning samaradorligi haqida ko'p ma'lumot bera olmaydi, chunki bu jamiyatdagi emlash tezligiga juda bog'liq. Pastdagi video gaplarimni vizual tarzda yaxshiroq tushuntiradi.

Shuning uchun, aholini emlash kampaniyasi qachon muvaffaqiyatli bo’ldi deb aytishimiz mumkin - qachonki kasalxonaga COVID bilan yotqizilganlarning barchasi virusga qarshi emlangan odamlar orasidan chiqsa. Bu trivial bo’lmasligi mumkin, lekin haqiqat.

Aksariyat OAVda, hatto o’sha WSJ, NYT nashriyotlarida ham, yangiliklarda ham beriladigan o’sha foiz raqamlari odamlarda noto’g’ri xulosa uyg’otayapti va antivaxxerlar bulardan yaxshi foydalanmoqdalar. Masalan, Isroilda kasalxonaga COVID bilan tushganlarnining 80%dan ortig’i emlanganlar orasidan chiqayapti, demak Pfizer vaksinasi umuman befoyda ekan degan yangiliklar bor. Bu base rate fallacy ga bitta misol. Aslida, Isroilda aholining 65% vaksina olgan, va agar 100% aholisi olsa, kasalxonadagi COVIDga chalingan bemorlarnining 100% emlangan bo’lib chiqadi!

COVID bilan kasal bo'lganlarning yarimi emlangan edi degani bu emlanganlarnining yarimi COVIDga chalindi degani umuman boshqa ma'nolarni bildiradi.

Xullas xulosa ikkita:

Birinchidan, bu statistika odamlarni chalg’itadi, va vaxima chiqaruvchilar uchun yaxshi vosita sifatida ishlatiladi.
Ikkinchidan, maktablarimizdan birorta ham o’quvchi oddiy statistika, ehtimollar nazariyasi, hech bo’lmasa bayes qoidasini o’rganmasdan chiqmasligi kerak. Men faqat bizning jamiyatda demayapman, balki istalgan rivojlangan mamlakatlarda ham shunday. Keng aholi qatlamida oddiy statistika, bayes qoidasi tushunchalari yetarlicha emas. Yetakchi nashriyotlar va ko’zga ko’ringan arboblar ham ushbu raqamlarni noto’g’ri talqin qilishlari meni havotirga solmoqda.

@uzbekonomics