Get Mystery Box with random crypto!

​​Qiziqqan iqtisodchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun. | Uzbekonomics

​​Qiziqqan iqtisodchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun.

AQSHdagi Milliy Iqtisodiy Tadqiqotlar Byurosi (NBER) har yili yozda Massachusets shtatidagi Kembridjda uch haftalik iqtisodchilar yig'ilishini (Summer Institute) o'tkazadi.

Ushbu tadbir har yili yopiq holda va faqat taklifnomalar orqali amalga oshirilar edi. Ammo bu yil ham (o’tgan yil kabi), COVID tufayli, ular o'zlarining barcha tadbirlarini onlayn va bepul o'tkazmoqdalar. Ushbu tadbirda yetakchi iqtisodchilar o’zlarining izlanishlarini taqdimot etishadi. Fanning oldi qatorlarida olib borilayotgan va yangi izlanishlar bilan tanishmoqchi bo’lganlar uchun tavsiya etaman.

Bu havolada asosiy dastur, jadval, mualliflar, maqolalar va slaydlar keltirilgan (vaqtlar EST bo’yicha).
Bu havolada kundalik video linklarni berib borishadi.

@uzbekonomics