Get Mystery Box with random crypto!

UzA | Tezkor xabarlar

Telegram kanalining logotibi uzauz — UzA | Tezkor xabarlar U
Telegram kanalining logotibi uzauz — UzA | Tezkor xabarlar
Kanal manzili: @uzauz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.99K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi
Asosiy telegram kanal: @uza_uz
Sayt: www.uza.uz
•facebook.com/uzauz
•instagram.com/uza.uz
•twitter.com/uzauz
•lotin yozuvida: @uzauzlot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2024-03-09 06:20:41 #ob_havo

Bugun respublika bo‘yicha yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha, ba’zida esa 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-16° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) boʻlishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
12.8K viewsedited  03:20
Ochish/sharhlash
2024-03-08 11:06:36
#Tayinlov

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi.

Bundan oldin u TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

O.Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi sanaladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.0K views08:06
Ochish/sharhlash
2024-03-08 09:04:34
Statistika agentligi ta’lim yo‘nalishida bitiruvchi xotin-qizlar sonining sohalar bo‘yicha tahlilini e’lon qildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura yo‘nalishini 7 918 nafar xotin-qizlar bitirgan.

Bitiruvchi xotin-qizlar soni sohalar bo‘yicha quyidagicha:


ta’lim – 2 359 nafar;

san’at va gumanitar fanlar – 1 768 nafar;

tabiiy fanlar, matematika va statistika – 885 nafar;

muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 731 nafar;

biznes, boshqaruv va huquq – 620 nafar;

ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 543 nafar;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot – 392 nafar;

qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya – 265 nafar;

xizmatlar – 179 nafar;

axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 176 nafar.

Kanalga ulanish:
@uzauz
12.8K views06:04
Ochish/sharhlash
2024-03-04 07:22:47 Daraxt kesganlik uchun jarima miqdori 5 baravarga oshirildi

Qonun bilan MJtKning 79-moddasiga oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra, daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollar qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazgan fuqarolar BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha — 8,5 mln soʻmdan 17 mln soʻmgacha (shu paytga qadar BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha), mansabdor shaxslar esa BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha, yaʼni 17 mln soʻmdan 25,5 mln soʻmgacha (shu paytga qadar BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha) jarimaga tortiladi.

Shu bilan birga, xuddi shunday huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilsa, maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyo yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosi musodara qilinib, fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha, yaʼni 17 mln soʻmdan 25,5 mln soʻmgacha (shu paytga qadar BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa BHMning 75 baravaridan 100 baravarigacha, yaʼni 25,5 mln soʻmdan 34 mln soʻmgacha (shu paytga qadar BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Bundan tashqari, MJtKning 79-moddasi toʻrtinchi qism bilan toʻldirildi. Unga koʻra, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan mansabdorlar BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha (17 mln soʻmdan 25,5 mln soʻmgacha) jarimaga tortiladi.

Shu bilan birga, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun ham toʻldirildi. Yaʼni davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini gʻayriqonuniy ravishda kesganlik, yoʻq qilganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (34 mln soʻmdan 102 mln soʻmgacha) miqdorda jarima tarzida moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.

Qonun 2024-yilning 1-mart sanasidan kuchga kirdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.0K views04:22
Ochish/sharhlash
2024-03-01 20:51:20
1 martdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

(Video)

Kanalga ulanish:
@uzauz
16.0K views17:51
Ochish/sharhlash
2024-03-01 13:37:04
"Bundan ortiq g'amxo'rlik bo'lishi mumkinmi? Bugun har bir oilada bayram!"

– Bu qoraqalpoqlar uchun afsonaviy ko'prik bo'lib qoladi, – deydi Mehnat faxriysi Bekmon Olloberganov.

Kanalga ulanish:
@uzauz
17.4K views10:37
Ochish/sharhlash
2024-02-29 13:02:39
Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikda harakat boshlandi, aholi uchun foydalanishga ochildi. Bu haqda O‘zA muxbiri xabar bermoqda.

Shu paytgacha odamlar o‘tgan asrning elliginchi yillarida olib kelingan eski ponton ko‘prikdan foydalanib kelar edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
17.1K views10:02
Ochish/sharhlash
2024-02-29 12:18:08
#FOTO

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga kelgach, dastlab Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumaniga borib, Amudaryodagi yangi koʻprikning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
19.4K views09:18
Ochish/sharhlash
2024-02-28 08:44:01
#OGOHLIK

“BAR-VIPS” dori vositasi sertifikatlanmagani aniqlandi

Oʻzbekiston dorixonlarida ayni paytda sotuvda boʻlgan, “VIPS-MED” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “BAR-VIPS” preparatiing sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi aniqlandi!

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” aholini ogʻiz orqali yuborish uchun moʻljallangan suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi “BAR-VIPS” preparatining 520723 seriyasi sertifikatlashtirilmaganidan ogohlantirmoqda. Ayni paytda markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilmoqda.

Hozirda Oʻzbekistonda 15 ming 799 ta dorixona faoliyat yuritayotgan boʻlsa, bu dorixonalar peshtaxtalarida “BAR-VIPS” preparatining sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi butkul olib tashlanmagan boʻlishi mumkin.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.5K views05:44
Ochish/sharhlash
2024-02-27 14:41:03 DXX: 300 ming AQSH dollariga sotilayotgan yerga sobiq hokim ham aloqador ekani ma'lum bo'ldi

Guliston shahrida yashovchi, 1964 va 1976-yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs oʻzaro til biriktirib, hozirda Guliston tumani hokimiyati zaxirasida boʻlgan 38 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroga olib berish hamda ushbu yer maydonida koʻp qavatli uy-joy qurish uchun mansabdor tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSH dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Guliston shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ular oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga 2018-2021-yillarda Guliston tumani hokimi lavozimida ishlagan shaxs ham aloqador ekanligi aniqlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
12.6K views11:41
Ochish/sharhlash