Get Mystery Box with random crypto!

«Haj» ziyorati faqat Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonida | UzA | Tezkor xabarlar

«Haj» ziyorati faqat Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi

Mamlakatimiz fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston Respublikasining Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun “Haj” ziyoratini ado etishning asosiy sharti – “haj” vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar – “umra”, “turizm”, “biznes” va boshqalar bilan “Haj” ziyoratiga borish taqiqlanadi.

Tartibni buzgan xorijlik Saudiya Arabistonidan deport qilinib, ushbu mamlakatga 10 yil muddatga kirishi taqiqlanadi hamda 50 ming saudiya riyoli miqdorida jarimaga tortiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz