Get Mystery Box with random crypto!

Mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot k | UzA | Tezkor xabarlar

Mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi

Huquqiy targ'ibot kunida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

— “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish;

— aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;

— ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta'minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo'yicha tizimli huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish;

— kundalik hayotda eng ko'p zarur bo'ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to'g'risida huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish.

Kanalga ulanish:
@uzauz