Get Mystery Box with random crypto!

DXX: 300 ming AQSH dollariga sotilayotgan yerga sobiq hokim ha | UzA | Tezkor xabarlar

DXX: 300 ming AQSH dollariga sotilayotgan yerga sobiq hokim ham aloqador ekani ma'lum bo'ldi

Guliston shahrida yashovchi, 1964 va 1976-yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs oʻzaro til biriktirib, hozirda Guliston tumani hokimiyati zaxirasida boʻlgan 38 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroga olib berish hamda ushbu yer maydonida koʻp qavatli uy-joy qurish uchun mansabdor tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSH dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Guliston shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ular oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga 2018-2021-yillarda Guliston tumani hokimi lavozimida ishlagan shaxs ham aloqador ekanligi aniqlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz