Get Mystery Box with random crypto!

#OGOHLIK “BAR-VIPS” dori vositasi sertifikatlanmagani aniqla | UzA | Tezkor xabarlar

#OGOHLIK

“BAR-VIPS” dori vositasi sertifikatlanmagani aniqlandi

Oʻzbekiston dorixonlarida ayni paytda sotuvda boʻlgan, “VIPS-MED” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “BAR-VIPS” preparatiing sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi aniqlandi!

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” aholini ogʻiz orqali yuborish uchun moʻljallangan suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi “BAR-VIPS” preparatining 520723 seriyasi sertifikatlashtirilmaganidan ogohlantirmoqda. Ayni paytda markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilmoqda.

Hozirda Oʻzbekistonda 15 ming 799 ta dorixona faoliyat yuritayotgan boʻlsa, bu dorixonalar peshtaxtalarida “BAR-VIPS” preparatining sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi butkul olib tashlanmagan boʻlishi mumkin.

Kanalga ulanish:
@uzauz