Get Mystery Box with random crypto!

UzA | Tezkor xabarlar

Telegram kanalining logotibi uzauz — UzA | Tezkor xabarlar U
Kanaldagi mavzular:
وب
Telegram kanalining logotibi uzauz — UzA | Tezkor xabarlar
Kanaldagi mavzular:
وب
Kanal manzili: @uzauz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.16K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi
Asosiy telegram kanal: @uza_uz
Sayt: www.uza.uz
•facebook.com/uzauz
•instagram.com/uza.uz
•twitter.com/uzauz
•lotin yozuvida: @uzauzlot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2024-02-26 13:25:55 “Dok-1 maks ishi”: hindistonlik shaxs 20 yil ozodlikdan mahrum qilindi

Kanalga ulanish:
@uzauz
14.6K viewsedited  10:25
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:22:28
"Dok-1 maks ishi”: jinoyat ishi bilan bogʻliq yakuniy sud majlisi boshlandi

Toshkent shahar sudida  “Dok-1 maks ishi” bilan bogʻliq yakuniy sud majlisi boshlandi. 

Eslatib oʻtamiz, mazkur ish doirasida farmatsevtika sohasida faoliyat olib borgan 23 nafar shaxs sud oldida javob berdi.

Ular  Hindistonda ishlab chiqarilgan, tarkibida zaharli moddalar boʻlgan “Dok-1 maks” siropi va boshqa dori vositalarini yurtimizga olib kirgan hamda dorilar tarkibini tekshirishga masʼul boʻlgan shaxslardir.

Masʼul shaxslarning masʼuliyatsizligi ortidan mazkur dori vositalarini isteʼmol qilgan 86 nafar bola jabrlandi. Ulardan 68 nafari vafot etgan va 16 nafari ogʻir, 2 nafari yengil tan jarohati olgan.

2022-yilning kuz oylarida yuz bergan mazkur noxush voqea ortidan Davlat xavfsizlik xizmati jinoyat ishi qoʻzgʻatib, tergov harakatlarini olib bordi.

Sud majlisiga raislik qiluvchi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Muso Yusupov sud qarorini oʻqib eshittirmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz
14.6K views10:22
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:06:54 DXX: Bekobod tumanida kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish masʼullariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Bekobod tumanida qonunbuzilishi holati aniqlandi.

Xususan, Toshkent viloyati Bekobod tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi N.J. va bosh hisobchisi E.Oʻ.lar tikuvchilikka ixtisoslashgan 3 ta MCHJ rahbarlari bilan oʻzaro til biriktirib, 2023-yilning oktyabr-dekabr oylarida Bekobod tumanida yashovchi 116 nafar fuqaroga goʻyoki kasanachilik faoliyatida zarur boʻladigan asbob-uskunalar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish yoʻli bilan 950 mln. 570 ming soʻm pul mablagʻini talon-toroj qilishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.5K viewsedited  10:06
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:04:02
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanni qutlugʻ 70 yoshga toʻlgani bilan dildan qutladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.0K views10:04
Ochish/sharhlash
2024-02-26 10:21:27
#TAYINLOV

Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining qarori bilan Ohangaron shahar hokimi etib tayinlandi.

M.Rajabboyev tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
14.7K views07:21
Ochish/sharhlash
2024-02-09 18:24:19
Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко “Амирсой” тоғ дам олиш масканига ташриф буюрдилар.

Жаҳон даражасидаги ҳар мавсумга мос ушбу мажмуага ташриф давомида давлат раҳбарлари спортчилар ва сайёҳлар учун яратилган шароитлар билан танишдилар, икки мамлакат ўртасидаги туризм алмашинувини кенгайтириш юзасидан фикр алмашдилар.

Президентлар самимий мулоқотни тоғ-чанғи трассасида давом эттириб, биргаликда чанғи учдилар.

Каналга уланиш:
@uzauz
12.7K views15:24
Ochish/sharhlash
2024-02-09 15:38:57
“Qatar Airways” Ўзбекистонга авиапарвозларни йўлга қўяди

“Qatar Airways” авиакомпанияси Доҳа-Тошкент-Доҳа йўналиши бўйича авиарейсларни йўлга қўяди. Илк парвоз 2024 йилнинг 2 июнь санасига режалаштирилган.

Йўловчи авиарейси ҳафтада тўрт марта — душанба, чоршанба, жума ва якшанба кунлари Airbus A320 ҳаво кемаларида амалга оширилади.

Каналга уланиш:
@uzauz
12.7K views12:38
Ochish/sharhlash
2024-02-09 14:37:56
#ТАЙИНЛОВ

Сирлиев Авазжон Мамарасулович - “Ўзкомназорат” инспекцияси Жиззах вилояти ҳудудий шўбаси бошлиғи лавозимига тайинланди.

А.Сирлиев мазкур тайинловга қадар "Ўзкомназорат" инспекциясининг Сирдарё вилояти ҳудудий шўбаси бошлиғи вазифасида фаолият юритган.

Каналга уланиш
—@uzauz
12.9K views11:37
Ochish/sharhlash
2024-02-09 13:03:44
#ТАЙИНЛОВ

Расулов Акмал Асқарович Тошкент шаҳар Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқармаси бошлиғи этиб тайинланди.

А.Расулов бунга қадар Тошкент шаҳар Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқармаси бошлиғи ўринбосари вазифасида фаолият олиб борган.

Каналга уланиш
—@uzauz
12.7K views10:03
Ochish/sharhlash
2024-02-09 12:43:34
МУФТИЙ ШАЙХ НУРИДДИН ХОЛИҚНАЗАРОВ ХАЛҚАРО МУСУЛМОН ДОНИШМАНДЛАР КЕНГАШИГА ҚАБУЛ ҚИЛИНДИ

2024 йил 9 февраль куни Бирлашган Араб Амирликларининг Абу Даби шаҳрида бўлиб ўтаётган Мусулмон донишмандлар кенгаши йиғилишида Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназаровнинг ушбу Кенгашга қабул қилингани эълон қилинди.

Каналга уланиш
—@uzauz
13.3K views09:43
Ochish/sharhlash