Get Mystery Box with random crypto!

Yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – uni | UzA | Tezkor xabarlar

Yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi

Prezident Farmoniga ko'ra, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

— maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o'qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etish;

Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish.

Quyidagi institutlar tashkil etiladi:

— Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;

— Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti.

Kanalga ulanish:
@uzauz