Get Mystery Box with random crypto!

#Perevod2023 'Perevod' qabuli boshlanishiga 2 oy vaqt qoldi | Ta'limga oid (Perevod)

#Perevod2023

"Perevod" qabuli boshlanishiga 2 oy vaqt qoldi

​​​​Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

ariza;
reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
pasport nusxasi.

Imtihonlar test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida topshiradi.

Maxsus sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod