Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.97K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik:
@UnitedAgency

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 62

2022-08-28 20:49:25 Keyingi yil perevod bali keskin tushib ketadi

Bu yil oliy ta'limga hujjat topshirgan abituriyentlarning 50 foizi xatto 56,7 ball ham to'play olmabdi. Bu "perevodchilar" uchun yutuq hisoblanadi.

Sababi vazir aytganidek o'qishni ko'chirish uchun o'tish bali abituriyentlar singari qilish rejalashtirilgan. Keyingi yildan o'tish ballari OTMlarning yo'nalishlar kesimida har xil bo'ladi.

Demak, keyingi yil o'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar bu yilga nisbatan yutuqqa erishishlari mumkin. Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishining ayrim oliygohlarda o'tish bali xatto 90,0 ballga ham yetib borgani yo'q.

Xullas imtihondan yiqilgan talabalar uchun foydali mavzularni boshlaymiz....

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
16.3K viewsedited  17:49
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:45:27 Yetarli ball to'play olmay endi ota-onalaringizga video murojaat qildirmang iltimos.

Siz uyatmasangiz ham biz uyatamiz. Botimizga onalaringizni murojaat qildirib yuborayotgan videolaringiz tashlashni to'xtating. Onalarni ko'rib ichimiz o'ksinyapti. Siz o'qimaganingiz uchun endi ularni ortiga yashirinishdan uyaling

Gap egalarini topadi....

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
14.4K viewsedited  16:45
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:26:08
Abituriyentlar va perevodchilar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:

Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.6K views08:26
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:46:29
O'qishni ko'chirishda 5 ta fandan imtihon topshiriladi

Xorijiy oliygohlar va yurtimizdagi xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish uchun talabalar 5 ta fandan imtihon topshiradilar. Bular:

2 ta mutaxasislik fanlari
3 ta majburiy blok fanlari


Perevodchilar to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball 189,0 ni tashkil etadi. Ya'ni test olish tartibi 2021-yilgi abituriyentlarniki singari bo'ladi (savollar soni bo'yicha ham)

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

@Talimgaoid_perevod
8.4K views06:46
Ochish/sharhlash
2022-07-05 20:47:35
#Perevod_2022

Diqqat: qabul jarayonlari boshlanishiga 10 kun qoldi.

15-iyuldan 5-avgustga qadar o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Hujjatlar transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz saytlari orqali onlayn ravishda qabul qilinadi.

Kanalimiz orqali "PEREVOD" jarayonlarini yoritib borishga hamda ro'yxatdan o'tish jarayonlariga ko'maklashishga harakat qilamiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
10.3K viewsedited  17:47
Ochish/sharhlash
2022-07-05 19:09:11 Qaysi yo'nalishga o'qishga kirsangiz endi shuni bitirishga majbursiz!

Oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga diqqatiga!

Viloyatlararo hamda oliygohlararo o'qishni ko'chirish tartibi bekor qilindi. Endilikda siz (farzandingiz) abituriyent sifatida qaysi ta'lim yo'nalishiga hujjat topshirsa, ana o'sha yo'nalishni bitirishga majbur. Hujjat topshirishda shu yo'nalishga bitirishga mahkum ekanligingizni unutmagan holatda yo'nalish tanlang.

Boshqa viloyatga kirib qolsangiz ham o'sha viloyatda kamida 4 yil o'qishga majbursiz, o'qishingizni ko'chira olmaysiz. Boshqa yo'nalishga kirib qolsangiz ham huddi shunday.

Bali past yo'nalishga kirib olaveray, keyin perevod qilib olaveraman degan xom-hayollarga berilgan. Endi "perevod" yo'q. Shunday ekan farzandingiz yoki yaqinlaringiz hujjat topshirayotgani yaxshilab o'ylab ish tutishlarini maslahat bering.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
9.8K viewsedited  16:09
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:03:46 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazir A.Toshqulov aytgan davr keldi

Bir ko'rsatuvda vazir A.Toshqulov aytgan edi-ki, "shunday vaqtlar keladi, oliy ta'lim abituriyentlar uchun o'zini reklama qila boshlaydi, ko'chadagi bannerlarda oliygohlar reklamasini ko'rasiz".

Men mana shu jarayonlarning guvohi bo'lyapman. Faqat xususiy oliygoh emas, aynan davlat oliygohlari endi abituriyentlarni chorlash uchun reklamalar qila boshlashdi. Bu vazir aytgan islohotlarning samara bera boshlaganidan dalolat.

Viloyat va OTMlararo o'qishni ko'chirish tartibining bekor qilinishi hamda oliygohlarga moliyaviy mustaqillik berish orqali kvotalarni mustaqil belgilash jarayoni bir-biriga uzviy bog'liq. Bundan keyin oliygohlardagi keraksiz yo'nalishlar yo'qolib boradi hamda jamiyat talab qilayotgan ta'lim yo'nalishlarinigina o'zi qoladi.

Yaqin 3-4 yilga bormasdanoq oliygohlar abituriyentlarni o'qishga imtihonsiz qabul qilishni boshlashadi. Balki bu ertaroq ro'y berishi ham mumkin. Vazirning islohotlari amalda juda tez effect beryapti.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:

@Talimgaoid
8.5K views15:03
Ochish/sharhlash
2022-07-04 20:07:11 O'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar abituriyent sifatida ham hujjat topshirishlari mumkin.

Qabul jarayonlari 20-iyul kuni yakunlanadi. Imkoniyatdan foydalanib qoling.

Shaxsan kamina ham qiziqishga Yurisprudensiya yo'nalishiga hujjat topshirib ko'raman. Peshona o'qishga kirib qolsak, sirtqi o'qib qo'yaveramiz. Baribir 2-mutaxasislik ochilmayaptiyu

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
10.3K viewsedited  17:07
Ochish/sharhlash
2022-07-04 12:40:18
#Õtish_bali

"PEREVOD" uchun o'tish ballari!

Xorijdan hamda nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish uchun o'tish ballari sohalar kesimida belgilab berilgan. (Ushbu rasmda ko'rishingiz mumkin)

Talaba o'qishini ko'chirish uchun kamida belgilangan o'tish balini to'plashi talab etiladi. Agarda yetarli ball to'play olmasa, yetmay qolgan ballar ketma-ketligi asosida oshirilgan kontrakt to'lab o'qishni ko'chirishga ruxsat beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
10.6K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-07-04 12:25:25
Kech qabul qilingan to'g'ri qaror - noto'g'ri qaror hisoblanadi.

Perevodga joy band qilish uchun 30% lik chegirma tugashiga 11 kun qoldi.Shoshiling!

Joy band qilish orqali nimalarga ega bo'lasiz

Kompaniya to'lovidan 30% lik chegirma
Davlat oliygohlariga imtihon topshirish imkoniyati
Davlat oliygohi talabasi bo'lsangiz pulingiz qaytarib berilishi(shartnomada ko'rsatilgan)
Xususiy OTM larni qabul boshlangan paytda o'zgartirish, ixtiyoriy tanlash imkoniyati

Kompaniya haqida batafsil https://linkfly.to/perevodconsult

Ro'yxatdan o'tish uchun ustiga bosing
8.6K views09:25
Ochish/sharhlash