Get Mystery Box with random crypto!

#Litsenziya Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish tartibi | Ta'limga oid (Perevod)

#Litsenziya

Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish tartibi o'zgarmoqda

Nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori asosida amalga oshirilib kelingan edi. Ushbu qarorda litsenziya olish uchun talablar batafsil ko'rsatilgan edi.

Hozirgi vaqtda ushbu hujjatga o'zgartirish kiritilmoqda va endilikda litsenziya yangi talablar asosida berilishi kutilmoqda, jumladan:

Hisob raqamda turishi lozim bo'lgan 150,000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag'i endilikda muzlatiladi, garov sifatida pulni hisob raqamdan yechib olinishiga yo'l qo'yilmaydi;

Nodavlat oliygoh ochish uchun o'quv binosi ijara asosida bo'lishi tartibi bekor qilinishi kutilmoqda, o'quv binosi oliygoh ochmoqchi bo'lgan MCH balansida bo'lishi talab etiladi;

Talabalar turar joyi (TTJ) binosi balansda bo'lishi shart emas. Talabalarni TTJ bilan ta'minlash uchun boshqa bino inshootlarni ijaraga olish mumkin bo'lmoqda.

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi