Get Mystery Box with random crypto!

FARZAND KO'RGAN TALABANING SUYUNCHI OLISH TARTIBI O‘zbekiston | Ta'limga oid (Perevod)

FARZAND KO'RGAN TALABANING SUYUNCHI OLISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 287-moddasiga ko‘ra, bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanishi, har bir tug‘ilgan bola uchun beriladigan nafaqa miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi ko‘rsatilgan.

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomning 6-paragrafiga ko‘ra, quyidagi qoidalar belgilangan.

Ushbu nafaqa eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida belgilangan. Bu summa bugungi kunda 660 ming so‘mni tashkil etadi.

Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

O‘qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod