Get Mystery Box with random crypto!

O'qishni ko'chirish jarayonlari 15-iyul sanasidan boshlanadi | Ta'limga oid (Perevod)

O'qishni ko'chirish jarayonlari 15-iyul sanasidan boshlanadi

"Perevod" uchun qabul jarayonlari bu yili http://my.uzbmb.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgust (shu kuni ham)ga qadar amalga oshiriladi.

Xorijdan va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish yuqoridagi sayt orqali amalga oshiriladi va quyidagi hujjatlar saytga yuklanadi:

Pasport
Transkript (reyting daftarchasi yoki akademik ma'lumotnoma)

Arizangiz bexato to'ldirilgan bo'lsa, hududiy ishchi guruhlar tomonidan "qabul qilindi" statusiga o'tadi va sizning shaxsiy kabinetingizda to'lov kvitansiyasi shakllanadi. Shundan so'ng click, payme yoki boshqa ilovalar orqali to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.

To'lov summasi bugungi kunda 165 ming so'mni tashkil etadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod