Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.54K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 33

2021-01-27 13:51:53 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tanlov e’lon qiladi!
O‘z ijodingiz va kreativ g‘oyalaringiz bilan Apple iPhone 12 Pro Max smartfoniga ega bo‘lishni qo‘ldan boy bermang!

Tanlovda texnikum, akademik liseylar o‘quvchilari va talabalar hamda 30 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:
— vazirlikning faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;
— betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega bo‘lishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;
— zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib olinadigan va noan’anaviy shaklga ega bo‘lishi lozim.

Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga ko‘ra:
har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG formatda logo@edu.uz elektron pochta manziliga yuborilishi talab etiladi.
Logotip Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda loyihalar bir bosqichda 2021-yil 1-fevraldan 25-fevral soat 23:59gacha qabul qilinadi.
Gʻolib 2021-yil 2-martda e’lon qilinadi.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.7K viewsedited  10:51
Ochish/sharhlash
2021-01-27 07:11:03
#Tezkor_xabar
Toshkentda metro, avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘lovchilari yurgan masofasiga qarab pul to‘laydi

«Bu jarayon yakuniga yetib qoldi. Bunda masofaga qarab bir transportdan boshqasiga o‘tish bo‘yicha ham to‘lovlar ko‘zda tutilgan», – deb ma’lum qildi poytaxt transport boshqarmasi vakili.

P.C: Endi avtobus va metroda ham ozroq yursangiz ozroq, agar ko‘proq yursangiz ko‘proq pul to‘laysiz.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.8K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-01-27 05:53:23 ​​Gʻaroyib so‘zlar...

Sukut ― bu so‘zlashish ilmidagi eng qiyin ilmdir.

Mish-mish ― tovush tezligidan ham tez tarqaluvchi narsa.

Munofiq ― boringda seni maqtaydi, yo‘g‘ingda senga xiyonat qiladi.

Ish ― kundalik ozuqa bo‘lib, u bilan barcha turdagi ochlik to‘yg‘iziladi.

Sirlar ― lozim bo‘lgan vaqtda boshqalar sening ziddinga foydalanishlari mumkin bo‘lgan ma’lumotlar.

Muhabbat ― shunday hissiyotlar oroliki, uning har tarafidan musibatlar bilan o‘ralgan.

To‘g‘rilik ― shunday qit’aki, undan keyin boshqasi kashf qilinmaydi..

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.8K viewsedited  02:53
Ochish/sharhlash
2021-01-26 20:02:31 #Vazir #Ochiq_muloqot
Bugun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri talabalar bilan Zoom orqali muloqot qildi

Muloqot davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
"Vazirga takliflar" telegram boti tashkil etish va u orqali istalgan shaxs to'g'ridan-to'g'ri vazirga taklifini yuborish;
Vazirlikning yangi logotipini yaratish;
"Talabalar axborot resurs markazi"ni zamonaviy tashkil etish;
"Vazir"stipendiyasi joriy qilish;
Mamlakat miqyosida "Ichki talaba almashinuvi"ni yo'lga qo'yish, ya'ni talabalar biror fanni boshqa OTMda o'qishiga imkon yaratish (masalan, TATU talabasi ingliz tilini O'zDJTUda o'qishi mumkin);
Oliy ta'lim vazirligi mutasaddilari bilan ochiqdan-ochiq muloqot shakliga o'tish;
Talabalarni to'liq turar joy bilan ta'minlash qamrovini kengaytirish.

Talabalar ham muloqot davomida o'zlarining quyidagi takliflari bilan vazir Abduqodir Toshqulovga murojaat qildilar:
Talabalar uchun konferensiyalar tashkil etish;
Dars jarayonlarini mukammallashtirish va darsliklarni keng joriy qilish maqsadida elektron baza tashkil qilish;
Maqolalar uchun elektron jurnallar sonini ko'paytirish;
Tarjimonlikni qo'llab-quvvatlash bilan birgalikda yuridik sohani rivojlantirish, ya'ni jahon yuridik adabiyotlarini o'zbek tilida chop etish
.

E'tibor qaratadigan bo'lsak bularning barchasi talabalarning huquqlarini kengaytirish hamda O'zbekistonda ta'lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Vazirimizning faoliyatining ilk kunlaridanoq talabalar bilan bunday ochiq muloqotlar tashkil qilib, ularning fikrini o'rganishi, o'ylaymizki, ijobiy natijalarga erishish bilan yakunlanadi.
Ra'no Mustafoyeva

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.6K viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2021-01-26 17:28:49
#Rasman #Tezkor
O‘zbekistonda konsert va ko‘ngilochar tadbirlarga ruxsat berildi
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, konsert-tomosha tadbirlarini joriy yilning 28-yanvaridan boshlab sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda tashkil etishga ruxsat berildi.

Respublika maxsus komissiyasining umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’yektlar tomonidan soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan davrida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlari bekor qilindi.

Sessiyasi yopgan talabajonlar, endi bemalol bazmu-jamshid qilib, konsertlarga borib, sessiyadan sog'-omon o'tganingizni nishonlashingiz mumkin.
Faqat shuni yodingizda tuting, hali Covid-19 xavfi butunlay yo'qolgani yo'q. Hammaning sog'ligi o'zi uchun kerak...

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.1K views14:28
Ochish/sharhlash
2021-01-26 13:12:35 "2020/2021-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn SIno, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomlaridagi Davlat stipendiyalariga tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risida"gi 37-son buyrug‘i

Prezident stipendiyasiga talabgor nomzodlar 1-4-fevral kunlari Toshkent shahrida imtihon topshiradilar;
Imtihonlar DTM tomonidan test shaklida "O'zbekiston tarixi", "Informatika", "Xorijiy tillar" fanlaridan bo'ladi;
Testlar O'zMU binosida bo'lib o'tadi;
Prezident stipendiyasi talabgor nomzodlari va ularga biriktirilgan shaxslarga 400.000 so'mdan pul ajratiladi, undan tashqari viloyatdagi nomzodlarning Toshkentga kelib-ketish yo'l harajatlari OTM hisobidan qoplanadi;
Viloyatdan kelganlar uchun TDAU yotoqxonasidan joy ajratiladi;
Mazkur buyruq ijrosi shaxsan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan nazorat qilinadi.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
21.3K viewsedited  10:12
Ochish/sharhlash
2021-01-26 08:08:51Vengriya universiteti bilan hamkorlikda geoinformatika bo‘yicha xalqaro GI 2021 konferensiyasi o‘tkaziladi

Xalqaro konferensiya 2021-yil 27-yanvar soat 13:00 da TIQXMMI va Vengriyaning Obuda universiteti hamkorligida o‘tkaziladi.
Xalqaro konferensiya Zoom platformasi orqali tashkil o‘tiladi. Unda ishtirok etish - bepul.
Konferensiya dasturi http://bit.ly/3oaZ6jr
Press-reliz (o‘zbek) http://bit.ly/2YapY8r
Press-reliz (ingliz) http://bit.ly/3iKzSHf
Press-reliz (rus) http://bit.ly/3c9ykFt

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish: https://bit.ly/2XsGjFc
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, konferensiyada qatnashish uchun kirish havolasi ( Zoom linki) paydo bo‘ladi va u elektron pochtangizga ham yuboriladi.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.6K views05:08
Ochish/sharhlash