Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.71K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 26

2021-12-18 16:55:03
Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Oʻzbekistonda roʻmol oʻrashga hech kim hech qachon qarshi boʻlmaydi”.
Ushbu videoni nima sababdan kanalga joylaganimni sezgan bo'lsangiz kerak...

Yaqindagina ro'mol haqida, unga qarshilik qilish haqidagi ijtimoiy rolikni ham joylagandim.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
3.7K viewsedited  13:55
Ochish/sharhlash
2021-12-17 21:09:15
Markaziy bank yangi 50 ming va 100 ming soʻmlik pullarni muomalaga chiqaradi

Banknotalar 22-dekabrdan boshlab chiqariladi va shu bilan birga ayni damdagi 50 000 soʻm va 100 000 soʻmlar ham muomalada qolishi aytildi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
2.5K views18:09
Ochish/sharhlash
2021-12-17 18:31:03
Tekinga maqola yozdirishga nima deysiz. Sizda 3 kungina vaqt bor!

Siz ro'yxatimizdagi istalgan jurnal yoki konferensiyani tanlang. Biz esa sizga jurnal uchun maqolani mutlaqo tekinga yozib beramiz.

Qolaversa, siz nashr narxining atigi yarimi evaziga maqola hammuallifiga aylanishingiz ham mumkin! Manfaatli taklifdan foydalanib qoling.

Bundan tashqari sizga quyidagi xizmatlarni taklif qilamiz:
* ilmiy ishingizni xorijiy jurnal va konferensiyalarda chop etish;
* maqola va ilmiy ishlaringizni tarjima qilish uchun tarjimon topishga;
* hujjatlarni tayyorlash;
* chiroyli taqdimot tayyorlash;
* sifatli dizayn yaratish.
We Help – sifatni qadrlaganlar uchun maxsus xizmatlar!

Batafsil ma'lumot uchun @we_help_admin profili yoki +998942245599 raqamiga murojaat qiling.

Bizning sahifalarimizga ulaning:
Telegram | Instagram| Jurnallar| Sertifikatlar
3.4K views15:31
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:37:19
#diqqat_tanlov
"Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovida qatnashing va quyidagi sovrinlardan birining gʻolibiga aylaning:
-o'rin — 100 million soʻm;
-o'rin — 75 million soʻm;
-o'rin — 50 million soʻm.

Tanlovga arizalar 2 ta nominatsiya boʻyicha qabul qilinadi:
• Eng yaxshi adabiy-badiiy kitob;
• Eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob.

Arizalar 2022-yil 1-yanvarga qadar @engyaxshikitob_bot orqali qabul qilinadi.

Tanlov nizomi
Maʼlumot uchun: +998977500189

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
4.3K views06:37
Ochish/sharhlash
2021-12-16 18:38:58
Yoshlar vazirlar va boshqa amaldorlar bilan uchrashadi

20-21-dekabr kunlari Congress Hall binosida Toshkent yoshlar forumi – 2021 boʻlib oʻtadi.

Forumning dastlabki kunida ishtirokchi yoshlar Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, adliya vaziri Ruslanbek Davletov, AKT vaziri Sherzod Shermatov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan suhbatlashadi.

21-dekabr kuni esa Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Qudbiyev bilan yoshlar oʻrtasida suhbatlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Vazirlarga savollarni quyidagi Telegram-bot orqali yuborish mumkin: https://t.me/toshkent21bot

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
2.6K views15:38
Ochish/sharhlash
2021-12-16 16:18:27 Vaksina sertifikatini kechroq bergan talabalarga ham 10% lik chegirma qoʻllanadi

Shuningdek, Davlat qabul komissiyasining qaroriga binoan, koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
4.4K views13:18
Ochish/sharhlash
2021-12-16 13:49:40 Aytishlaricha, O‘zbekistonda Tiktok ijtimoiy tarmog‘iga o‘rnatilgan cheklov olib tashlanishi kutilmoqda.

Nima deb o'ylaysiz, bu yaxshimi yoki yomon?

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
4.6K views10:49
Ochish/sharhlash
2021-12-15 19:41:15 Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
3.9K viewsedited  16:41
Ochish/sharhlash
2021-12-15 12:40:28
Talabalar hayoti haqida 7 fakt

Ushbu ma'lumotlar butun dunyo bo'yicha facslegends.org va campusadv.com materiallari asosida tayyorlangan. O'zimizni talabalarga mos tushmasligini oldindan aytib o'tmoqchiman.

Talabalarning 92 foizi kuniga 200 mgdan 400 mg oralig‘ida qahva iste'mol qiladi;
Talabalikdagi bazmlar: talabalarning katta qismi bazmlarga qiziqmaydi;
Taxminan 71 foiz talabalar o‘zlarini guruhdagi eng zo‘r 10 foiz talabalar qatoriga qo‘shadi;
Talabalar ko‘p vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadilar;
Talabalarning taxminan 65 foizi haftasiga besh soatgacha kitob o‘qiydi;
Talabalar dars vaqtining o‘rtacha 20 foizini smartfon va raqamli qurilmalarda o‘tkazishadi;
Talabalik davri bag‘rikenglik va tolerant bo‘lishni o‘rgatadi.

Siz o'zimizning o'zbek talabalari haqidagi 7 ta fakt so'ralganida qaysi faktlarni sanagan bo'lar edingiz? Qani ko'raylikchi, kommentariyani...

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
6.3K views09:40
Ochish/sharhlash
2021-12-14 10:51:41 «Toshkent yoshlarni sevadi»: poytaxtda yoshlar oyligi o‘zining eng qaynoq nuqtasini saqlab qolgan holda “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” boshlanmoqda

Qadrli yoshlar! Oʻz shaxsiy biznesingizni boshlamoqchimisiz yoki tajribali insonlardan koʻplab maslahatlar olmoqchimisiz? Unda sizni 2021-yilning 14-17-dekabr kunlari Toshkent shahar yoshlar markazida kutamiz. Poytaxtimizda “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” boshlanmoqda.

14-dekabr, soat 14:00 da:
* Odilbek Mirzaev
— PDP IT-Academy asoschisi;
* Abdulaziz Sattorov — “Unired” Fintech kompaniyasi asoschisi.

15-dekabr, soat 11:00 da:
* Umidjon Ishmuhammedov
— “Cambridge International College”, IDP IELTS va yana bir qator loyihalar asoschisi;
* Davron Turdiyev — Oʻzbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti, miyani rivojlantirish boʻyicha ekspert.

15-dekabr, soat 14:00 da:
* Ulugʻbek Xojiahmedov
— “Compas Consulting“ asoschisi;
* Habibullo Sadulloev — Marketolog. Chortoq mineral suv marketing boʻlimi boshligʻi.

16-dekabr, soat 11:00 da:
* Muhammadali Eshonqulov
— Yuksalish liderlar akademiyasi, Biznes kvadrat, Patronlar ligasi loyihasi asoschisi;
* Shohida Ibragimova — Moliya.uz va “Growth Academy“ asoschilaridan.

16-dekabr, soat 14:00da:
* Laziz Adhamov
— “Dalatek“ loyihasi asoschisi va SAP kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori.

17-dekabr, soat 14:00da:
* Hasan Mamasaidov
— Dekos, MFaktor, Impulse business hub asoschisi;
* Husan Mamasaidov — Deli, MFaktor, Impulse business hub asoschisi.

O'zingizni qiziqtirgan soha vakillari bilan uchrashib tajriba orttirishingizni tavsiya etamiz.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
4.3K views07:51
Ochish/sharhlash