Get Mystery Box with random crypto!

#Vazir #Ochiq_muloqot Bugun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazir | Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Vazir #Ochiq_muloqot
Bugun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri talabalar bilan Zoom orqali muloqot qildi

Muloqot davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
"Vazirga takliflar" telegram boti tashkil etish va u orqali istalgan shaxs to'g'ridan-to'g'ri vazirga taklifini yuborish;
Vazirlikning yangi logotipini yaratish;
"Talabalar axborot resurs markazi"ni zamonaviy tashkil etish;
"Vazir"stipendiyasi joriy qilish;
Mamlakat miqyosida "Ichki talaba almashinuvi"ni yo'lga qo'yish, ya'ni talabalar biror fanni boshqa OTMda o'qishiga imkon yaratish (masalan, TATU talabasi ingliz tilini O'zDJTUda o'qishi mumkin);
Oliy ta'lim vazirligi mutasaddilari bilan ochiqdan-ochiq muloqot shakliga o'tish;
Talabalarni to'liq turar joy bilan ta'minlash qamrovini kengaytirish.

Talabalar ham muloqot davomida o'zlarining quyidagi takliflari bilan vazir Abduqodir Toshqulovga murojaat qildilar:
Talabalar uchun konferensiyalar tashkil etish;
Dars jarayonlarini mukammallashtirish va darsliklarni keng joriy qilish maqsadida elektron baza tashkil qilish;
Maqolalar uchun elektron jurnallar sonini ko'paytirish;
Tarjimonlikni qo'llab-quvvatlash bilan birgalikda yuridik sohani rivojlantirish, ya'ni jahon yuridik adabiyotlarini o'zbek tilida chop etish
.

E'tibor qaratadigan bo'lsak bularning barchasi talabalarning huquqlarini kengaytirish hamda O'zbekistonda ta'lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Vazirimizning faoliyatining ilk kunlaridanoq talabalar bilan bunday ochiq muloqotlar tashkil qilib, ularning fikrini o'rganishi, o'ylaymizki, ijobiy natijalarga erishish bilan yakunlanadi.
Ra'no Mustafoyeva

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM